Latest posts

School English Teachers
30 Jul 2025, 14:23
Respublika Kasaba uyushmalari kengashi B2 sertifikatiga ega bo'lmagan o'qituvchilar masalasida MMTV ga xat yubordiTa'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga xat yuborgan.Xatda til sertifikatiga ega bo'lmagan o'qituvchilar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi Mehnat shartnomasining buzilishi deb ko'rsatilgan va jarayonni to'xtatish, o'qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ko'rsatma bergan mas'ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko'rish va kengashga xabar berish so'ralgan.P.S.: Eslatib o'tamiz, bu bo'yicha tegishli qarorni vazirlik qabul qiladi. Bu masalada hozirgacha vazirlik rasmiy bayonot bermadi. Yangi tayinlanadigan vazir murakkab tanlovlar qarshisida qoladiganga o'xshaydi.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿




School English Teachers
30 Jul 2025, 06:19
📱 ChatGPT’da endi o‘quv rejimi paydo bo‘ldi — sun’iy intellekt endi tayyor javob berish o‘rniga savol mavzusi bo‘yicha to‘liq dars o‘tadi.AI (sun’iy intellekt) xuddi ustozdek sizni to‘g‘ri yechimga yo‘naltiradi. O‘rganish sohalari esa turlicha — dasturlashdan tortib tilshunoslikkacha.ChatGPT Premium versiyasini olib berish uchun @webadmin24 ga yozing. ChatGPT Plus shared account - 85 ming so'm/oyiga🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
School English Teachers
30 Jul 2025, 05:27
❗️O'quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko'chirish 1 avgustdan boshlanadi1 iyuldan 31 iyulgacha vaqtincha to'xtatilgan o'quvchilarni maktabdan maktabga ko'chirish xizmati 2025 yil 1 avgustdan qayta tiklanadi.Xizmat erp.maktab.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
School English Teachers
30 Jul 2025, 04:57
❗️ TOIFA UP kursimizga bugun chegirmamizning so'nggi kuni!🔥 TOIFA UP! - Biz keyingi guruhni shakllantiryapmiz!Toifa va vazir ustamalariga tayyorlanayotganlar uchun tajribali pedagog, oliy toifali ustoz, PhD 2-kurs doktorantura talabasi 👩🏻🏫 Zulhumor Samatovadan talablarga binoan yoz oylari uchun maxsus kurs!Nima uchun biz bilan natijaga erishish osonroq?✅ Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣dan ortiq ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik✅ Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar


School English Teachers
30 Jul 2025, 04:06edited
❗️ Bugun Magistraturaga hujjat topshirishning so'nggi kuni!Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.👉 Ingliz tili turdosh yo'nalishlar👉 Tan olinadigan sertifikatlar ro'yxati va yo'nalish bo'yicha daraja talablariAriza topshirib berish xizmati uchun @forcefr2 ga yozing.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
School English Teachers
29 Jul 2025, 12:09edited
⚡️ Attestatsiyaga ariza topshirish boshlanishiga 3 kun qoldi!2025-yil 1-avgust kuni — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.Murojaatlar 2025-yil 1-oktabr (shu kuni ham)ga qadar:➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi;➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.Eslatib oʻtamiz: joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari ayni vaqtda Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda "Yil oʻqituvchisi" tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi.📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklari kanali!


School English Teachers
29 Jul 2025, 08:02edited
Guruhlarda shu xabarni qayta-qayta tashlashyapti. Kayfiyatingizni tushirmoqchi emasman lekin ozroq tushuncha berib qo'ymoqchiman. Masalan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O'zbekiston Prezidenti bo'ladigan nomzod uchun talablar belgilangan. Masalan u yerda aytiladi 35 yoshdan oshgan bo'lishi, O'zbekiston fuqarosi bo'lishi, oxirgi 10 yil davomida O'zbekiston hududida muqim yashagan bo'lishi kerak deb belgilab qo'yilgan. To'g'rimi? Ya'ni u yerda 35 yoshdan oshgan bo'lsin, 32-34 yosh bo'lsa olinmaydi. O'zbekiston fuqarosi bo'lishi kerak, falon davlat fuqarosi bo'lmasligi kerak. O'zbekiston huqudida 10 yil yashagan bo'lishi kerak. 5-7 yil yashagan bo'lsa ham to'g'ri kelmaydi deb qo'shimcha izoh berib ketilmagan. Pedagoglar uchun belgilangan talabda ham 2025-2026 o'quv yilidan xorijiy til o'qituvchilarida B2 sertifikat bo'lishi talab etiladi deyilgan. Ya'ni aynan bo'shatilsin degan


School English Teachers
28 Jul 2025, 09:27
⚡️ Magistratura qabuli 30-iyulga qadar davom etadiRespublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.👉 Ingliz tili turdosh yo'nalishlar👉 Tan olinadigan sertifikatlar ro'yxati va yo'nalish bo'yicha daraja talablariAriza topshirib berish xizmati uchun @forcefr2 ga yozing.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
School English Teachers
28 Jul 2025, 06:58
Hamma ma'lumotlarni ham sun'iy intellektdan so'rayvermang!Hozirgi kunda bizga sir emaski, Sun'iy Intellekt hayotimizga jadallik bilan kirib kelmoqda. Juda ko'p sohalarda chinakam yordamchiga aylanib ulgurgan. Lekin oramizda bundan noto'g'ri foydalanib, SI bergan ma'lumotlarga so'zsiz ishonayotganlar ham yo'q emas! Shaxsan o'zimga ham ko'pchilik murojaat qilib biror qaror bo'yicha fikrimni so'raydi. Mendan ijobiy javob olmagan taqdirda, sun'iy intelektdan olgan javobini menga yuboradi va bekorga bunday demayotgandir, sizdan ko'ra ko'proq ma'lumotni bilsa kerak deb, nimalarnidir isbotlashga urinadi. Shu payt su'niy intellekt yo'q bilmayman deb javob bermasligini, qanaqa mavzu bo'lsa ham istagancha talqin qilib, og'ziga kelgan ma'lumotni berib yuboraverishini tushuntirishga harakat qilaman. Men SI dan foydalanmang demoqchi emasman. Undan to'g'ri foydalanish kerak. Masalan qarorlar,


School English Teachers
28 Jul 2025, 04:40
❓ Ingliz tili darsliklari o'zgaradimi?Har yili yangi o'quv yili arafasida ko'pchilikda bu yil darslik almashmasmikan degan savol bo'ladi. Bunga sabab, oldingi tartibda har yili qaysidir sinflar darsligi almashib turishi oddiy holat edi. Lekin 2022-yilda Xalq ta'limi vazirligi USAID homiyligida Cambdridge nashriyotining Guess what va Prepare darsliklarini qo'lga kiritdi. Hamma sinf 1dan 11-gacha ushbu kitoblardan o'tiladigan bo'ldi. Hozirda qaysidir sinfni o'zini almashtirish, butun boshli o'quv dasturiga ta'sir qiladi. Darsliklarni butunlay almashtirishga esa hojat yo'q deb o'ylayman. Faqatgina tayanch o'quv rejada dars soatlar kamayib yoki ko'payib turishi mumkin lekin bu darslikka ta'sir qilmaydi. Yaqin yillar ichida ham darslikni yangilash reja qilinmayapti. Yoki bu bo'yicha hech qanday rasmiy xabar yo'q!🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿


School English Teachers
27 Jul 2025, 12:08
Bir yil oldingi maqola. Qizig'i, o'sha Teshavoylar haliyam yig'lab yurishibdi ekan. - Nega ahir biz, nega bizni uyimiz buziladi, 4 yil davomida qurgan edik. nega boshqalarni uyi buzilmaydi? Buzilsa hammaniki teng buzilishi kerak edi. E'tibor bering, shunaqa
School English Teachers
27 Jul 2025, 11:31edited
Uysiz qolgan Boltavoy va Teshavoy Qadim zamonlarda Boltavoy va Teshavoy degan qo'shnilar bo'lgan ekan. Ular o'z uylariga ega bo'lib, hech nimadan tashvishi yo'q, baxtli yashashar ekan. Bir kuni dab-durustdan podshoh farmon beribdi. Bular yashaydigan hududga
School English Teachers
27 Jul 2025, 07:44edited
Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandiMaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu safar masalaga yanada qat’iy yondashmoqda.Hududiy boshqarmalar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlariga ham bu borada rasmiy ko‘rsatmalar berilib, xorijiy til o‘qituvchilari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish hamda ularni ogohlantirish so‘ralmoqda.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1266🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿


School English Teachers
26 Jul 2025, 05:50
⚡️ Magistratura kvotalari tasdiqlandi◾️ Magistratura uchun kunduzgi, kechki va masovafiy ta'lim shakli uchun kvotalar tasdiqlandi.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
School English Teachers
25 Jul 2025, 15:44
Firibgarlar yana tuzoqqa tushishdi! 😁 Bugun yana telegram raqamimga firibgarlar yozishib, onlayn ish taklif qilishdi. Bir hafta ichida bo'layotgan bu ikkinchi holat. Oldingisida 29 ming to'lov qilishgan edi, bu safar 20 ming so'm tashlab berishdi. To'g'ri


School English Teachers
25 Jul 2025, 15:18edited
#tktcourse Today JULY 25 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna💦TKT kurs 25-iyuldan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 400 Ming so'm ✅❔-400 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?✍️TKTda barcha 1-2-3 modullar boyicha mavzular 100% jonli tarzda o'tib berilishi 3 ta modul test tahlili 3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar🔜Dars qaysi payti bo'ladi? -Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 21:00 da✏️Darslar qay tarzda bo'ladi? 100% Jonli tarzda ✏️Namuna ➡️ Demo lesson ✏️Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks👩🏫Darsni Kim olib


School English Teachers
25 Jul 2025, 15:00
⚡️Rasman: Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi va 8-avgustgacha davom etadi!Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.➖ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.➖ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.➖ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari
School English Teachers
25 Jul 2025, 12:08edited
Sertifikat talabi bu safar jiddiy tus olyaptiToshkent viloyati MMTB ga tegishli buyruqqa ko'ra, barcha maktablar joriy yil 19-avgustgacha B2 sertifikatga ega bo'lganlarni ERP platformasiga kiritilishi so'ralgan. Taxminimcha bunday buyruq barcha viloyatlarga berilgan. Bundan taxmin qilish mumkinki, vazirlik qaror ijrosini yana bir yilga surmoqchi emas. Yoki bo'lmasam oxirigacha ustozlarni bosimda qoldirib, sertifikatga ega ustozlarni foizini ancha ko'tarib olish niyat qilingan bo'lishi mumkin. Bunday holatda pessimistlik bilan yondoshgan ma'qulroq. Yana cho'zadida deb optimist bo'lsangiz, lekin cho'zilmasa juda ham noqulay ahvolda qolishiz mumkin. Lekin boshqa cho'zmaydi endi deb sertifikatga harakat qilib olib qo'ysangizu, lekin cho'zib qolsa, hech narsa yutkizmaysiz. Shu sabab vaqt borida tayyorgarlikni qattiq qilib turavering!🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿


School English Teachers
25 Jul 2025, 05:45
❗️ TOIFA UP kursimizga bugun chegirmamizning so'nggi kuni!🔥 TOIFA UP! - Biz keyingi guruhni shakllantiryapmiz!Toifa va vazir ustamalariga tayyorlanayotganlar uchun tajribali pedagog, oliy toifali ustoz, PhD 2-kurs doktorantura talabasi 👩🏻🏫 Zulhumor Samatovadan talablarga binoan yoz oylari uchun maxsus kurs!Nima uchun biz bilan natijaga erishish osonroq?✅ Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣dan ortiq ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik✅ Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar


School English Teachers
25 Jul 2025, 05:15
To‘rtinchi ustozlar milliy forumiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq imzolandiMazkur buyruqqa asosan: -joriy yil 7-8-avgust kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida respublika bosqichi;-13-14-avgust kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda;-19-20-avgust kunlari tuman (shahar)larda fan yoʻnalishlari boʻyicha shoʻba yigʻilishlari;-25-29-avgust kunlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida tashkil etilishi belgilangandiAsos: MMTVning 2025-yil 8-iyuldagi 232-sonli buyrug’i🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
