gram news
Uzum channel avatar

Uzum

@uzum_pressoffice

Официальный канал PR-команды Uzum: пишем здесь обо всех наших событиях, исследованиях, проектах, планах и достижениях, а также о рынке и технологиях в целом. Можно ссылаться в СМИ и распространять дальше. По всем вопросам — @pruzum

ProjectsUZBusiness

3,400subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Uzum

    21 Sept, 10:56

    📈 Fitch Uzum reytingini barqaror prognoz bilan "B+" darajasiga ko‘tardiUzum uchun yana bir muhim baho: Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi ekotizimning uzoq muddatli reytingini barqaror prognoz bilan "B" dan "B+" ga ko‘tardi.Yangi hisobotda agentlik Uzum'ning elektron tijorat, to‘lov va bank yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘sib borayotgan sinergiyani ta’kidlaydi. Servislar integratsiyasi ekotizimning biznes profilini mustahkamlaydi va barqaror moliyaviy ko‘rsatkichlarni saqlab qolishga yordam beradi. Marketpleys, to‘lov va raqamli bank mahsulotlarining uyg‘unligi Uzum'ga yangi mijozlarni jalb qilish va moliyaviy servislardan foydalanishni kengaytirish imkonini beradi.Shu bilan birga, bozor salohiyati sezilarli bo‘lib qolmoqda: Fitch Uzum daromadli o‘sishni davom ettirishini va O‘zbekistonning elektron tijorat va fintech bozorlarida o‘z mavqeini
    1,39094211Open in Telegram
  • Uzum

    16 Sept, 10:24edited

    ⚡️ 600 milliard so‘mlik obligatsiyalarning beshinchi chiqarilishini joylashtirdik va 50 million dollarlik debyut valyuta chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdikBiz "Toshkent" Respublika fond birjasida korporativ obligatsiyalarning beshinchi chiqarilishini joylashtirishni muvaffaqiyatli yakunladik, chiqarish hajmi 18% kupon daromadliligi bilan 600 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bundan tashqari, barcha hajmning qariyb 60%i norezidentlardan jalb qilingan — bu mamlakat raqamli iqtisodiyotining o‘sishi uchun ishlayotgan xorijiy kapital.Bir yarim yildan kamroq vaqt ichida Uzum obligatsiyalari mamlakat korporativ qarz bozorining asosiy ko‘rsatkichlaridan biriga aylandi, biz esa mamlakatdagi eng yirik xususiy korporativ emitentga aylandik. Beshta emissiya natijasida mahalliy fond bozorida umumiy qiymati 2,1 trln so‘mlik obligatsiyalarni joylashtirdik.Shu bilan
    1,4209642Open in Telegram
  • Uzum

    15 Sept, 12:21edited

    🔥 Uzum ICTWeek Uzbekistan'daUzum ketma-ket uchinchi yil mamlakatning asosiy texnologik tadbiri — ICTWeek'ni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Va har yili hamkasblar hamda hamkorlar bilan muhokama qilish uchun yangi mavzu va loyihalarimiz bo‘ladi.Aholisi yosh, smartfonlar keng tarqalgan va iqtisodiyoti o‘sib borayotgan mamlakatlar uchun raqamlashtirish bugungi kunda rivojlanishning eng tez va kuchli drayveridir. Davlat va IT-bozoridagi hamkasblarimiz bilan birgalikda biz raqamli yechimlarni yaratamiz va joriy etamiz, biznesga yangi ish modellariga o‘tishda yordam beramiz va zamonaviy xizmatlarni yanada qulayroq qilamiz. Raqamlashtirish shunchaki sohaviy mavzu bo‘lishdan to‘xtab, global kun tartibining eng muhim qismiga aylandi.ICTWeek biz uchun — texnologiyalar hamjamiyati, davlat va biznes keyingi qadam qanday bo‘lishini birgalikda muhokama qiladigan
    1,21095541Open in Telegram
  • Uzum

    14 Sept, 11:35

    💜 Uzum Tezkor biznes uchun yetkazib berish xizmatini ishga tushirdiUzum Tezkor o‘zining logistika infratuzilmasi imkoniyatlarini kengaytirib, tadbirkorlar uchun yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi. Endilikda biznes vakillari platforma kuryerlaridan nafaqat Uzum ekotizimi ichidagi buyurtmalarni yetkazib berishda, balki o‘zlarining kundalik ish jarayonlarida ham foydalanishlari mumkin. Bu orqali tadbirkorlar turli biznes vazifalari uchun o‘z logistika tizimini yaratmasdan, Uzum’ning tayyor infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.Restoranlar Uzum Tezkor yetkazib berishini telefon, Telegram, ilova yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qiladigan buyurtmalariga ulashlari mumkin. Mijoz buyurtma yetkazib berilayotgan paytda uning holatini kuzatishi va zarur bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi mumkin. Xizmat hozirda
    1,0808533Open in Telegram
  • Uzum

    9 Sept, 09:39

    O‘zbekiston bo‘ylab 5 000 nafar o‘quvchiga o‘quv qurollari topshirildiUzum va PUBG MOBILE qo‘shma tashabbusi doirasida o‘yin hamjamiyatining faolligi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga haqiqiy yordamga aylandi. PUBG MOBILE maxsus tadbirida 2 milliondan ortiq ishtirok qayd etildi va ONA fondi ko‘magida O‘zbekistonning 14 ta shahridagi bolalar maktab to‘plamlariga ega bo‘lishdi.Tadbirda ishtirok etish bepul bo‘lib, xaridlar yoki xayriyalar talab qilinmadi. O‘yinchilar o‘yin vazifalarini qanchalik faol bajargan bo‘lsalar, shunchalik ko‘p yordam yig'ildi. Har bir maktab to‘plami Uzum va PUBG MOBILE tomonidan birgalikda moliyalashtirildi.To‘plamga ryukzaklar, daftarlar va boshqa zarur o‘quv qurollari kiritilgan. Uzum logistika infratuzilmasi tufayli ularni nafaqat yirik shaharlarga, balki kichik va chekka aholi punktlariga ham yetkazib berishga muvaffaq bo‘lindi.Ko‘pgina oilalar
    2,8808763Open in Telegram
  • Uzum

    1 Sept, 03:01

    🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan tabriklaymiz!Bundan 35 yil muqaddam bu kun o‘z mehnati va iste’dodi bilan Vatanimizning buguni va kelajagini yaratayotgan millionlab odamlarning birligi ramziga aylangan edi. Bugun O‘zbekistonimiz o‘zini dunyoga tobora baralla tanitmoqda. Har bir katta g‘alaba ortida insonlar — olimlar, tadbirkorlar, sportchilar, muhandislar, o‘qituvchilar, shifokorlar va o‘z ishini halol va mehr bilan bajaradigan barcha insonlar turadi.Sizga va yaqinlaringizga tinchlik, sihat-salomatlik, farovonlik va ertangi kunga ishonch tilaymiz. Oldinda yanada ko‘proq yutuqlar, yangi imkoniyatlar va mamlakatimiz bilan faxrlanish uchun sabablar bo‘lsin.Bayramingiz bilan!🌸🇺🇿 Поздравляем вас с Днем независимости Республики Узбекистан!35 лет назад
    2,12011331Open in Telegram
  • Uzum

    21 Aug, 11:54

    💜 Uzum birinchi Silk Road Finance & Technology Forum'ning strategik hamkori bo‘ladi24-26-avgust kunlari Toshkentda birinchi Silk Road Finance & Technology Forum bo‘lib o‘tadi, unda moliya sektori, fintech, texnologiya kompaniyalari, investorlar va davlat institutlari vakillari ishtirok etadi.Ekotizim ma’ruzachilari raqamli moliyani rivojlantirish tajribasi bilan o‘rtoqlashadilar va boshqa ishtirokchilar bilan sun’iy intellekt va raqamli ishonchni mas’uliyat bilan qo‘llash, moliyaviy xizmatlarni kundalik hayot ssenariylariga integratsiya qilish va texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.Biz uchun forum O‘zbekistonning birinchi IT-yakkashoxining amaliy tajribasini taqdim etish va kompaniyalar, tartibga soluvchilar hamda texnologik o‘yinchilar bilan birgalikda foydalanuvchilar ehtiyojlariga javob beradigan hamda
    2,66088711Open in Telegram
  • Uzum

    17 Aug, 14:30

    🎉O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Toshkentdagi IOI 2026 musobaqasida kumush va bronzani qo‘lga kiritdiBiz esa nafaqat yoshlarimiz bilan, balki maktab o‘quvchilari uchun dasturlash bo‘yicha dunyodagi eng yirik olimpiadalardan biri bo‘lgan International Olympiad in Informatics 2026 musobaqasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan faxrlanamiz.O‘zbekiston butun dunyodan iste’dodlarni o‘ziga jalb qiladigan maskanga aylanib bormoqda. Bu yil Toshkentga 92 ta davlatdan 375 nafar iqtidorli yoshlar tashrif buyurdi. Eng muhimi, ishtirokchilarimiz bir vaqtning o‘zida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi: Jahonali Xaydaraliyev kumush, Timur Qodirbergenov, Ulug‘bek Rahmatullayev va Jahongirshoh Avazxonov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.Agar IOI da masalalarni yechgan, Uzum'dan sovrinlar yutgan va mutaxassislarimizning ma’ruzalarini tinglagan yoshlar bir kun kelib Uzum
    2,66075441Open in Telegram
  • Uzum

    10 Aug, 09:14

    🔥 Hatto o‘yin paytida ham yordam berish mumkinBilimlar kuni munosabati bilan Uzum, PUBG MOBILE va Ona jamoat fondi "Yaxshilik Airdropi" (Airdrop of Hope) xayriya tashabbusini ishga tushirmoqda.PUBG MOBILE'dagi maxsus tadbir davomida o‘yinchilarning faolligi butun O‘zbekiston bo‘ylab kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab to‘plamlarini yig‘ishga yordam beradi. Tadbirga qancha ko‘p ishtirokchi qo‘shilsa, Uzum va PUBG MOBILE shuncha ko‘p to‘plamlari ularga ayniqsa muhtoj bo‘lganlarga yetkazadi. Bunda o‘yinchilardan hech qanday to‘lov talab etilmaydi.Umuman olganda, 1-sentyabrga qadar 5000 ga yaqin bola ryukzak va o‘qish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni: daftar, qalamdon, rangli qalamlar, ruchka, stikerlar va termokrujkalarni qabul qilib oladi. Mamlakatning turli hududlarida maktab to‘plamlarini topshirish Ona fondi tomonidan tashkil
    2,830146632Open in Telegram
  • Uzum

    28 Jul, 09:42

    O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilaridan iborat The Reckless jamoasi AQSHda bo‘lib o‘tgan robototexnika bo‘yicha dunyoning eng nufuzli musobaqalaridan biri — Championship Robot Invitational (CRI) turnirida bronza medallarini qo‘lga kiritdi👏Ayniqsa, Uzum ushbu sayohatning hamkoriga aylangani va yoshlarga O‘zbekistonni jahon maydonida namoyish etishda yordam bergani quvonarlidir.Bu yilgi Championship Robot Invitational'ga butun dunyodan atigi 38 ta jamoa taklif qilindi. Mamlakatimizdagi iqtidorli maktab o‘quvchilarining yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatga erishayotganini ko‘rib, chin dildan quvonamiz. Ishonchimiz komilki, bunday g‘alabalar O‘zbekistonning kelajakdagi texnologik yutuqlari uchun asos bo‘ladi. Aynan bugungi yosh muhandislar, dasturchilar va tadqiqotchilar ertaga mamlakat taraqqiyotini belgilab beradigan texnologiyalarni yaratadilar.Ta’lim, ilm-fan va yosh
    4,7201865311Open in Telegram
  • Uzum

    22 Jul, 05:14

    🤍 Biz ilk bor CNBC va Statista tomonidan har yili tuziladigan "World’s Top Fintech Companies 2026" — dunyoning yetakchi fintex kompaniyalarining global ro‘yxatiga kirdik.Uzum asosan onlayn tarzda bank servislarini taqdim etuvchi raqamli moliyaviy servislarni o‘z ichiga olgan "Neobanking" toifasida qayd etildi.Biz uchun bu tobora ko‘proq odamlar Uzum raqamli moliyaviy xizmatlariga ishonayotgani va kundalik muammolarni hal qilish uchun ularni tanlayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 6 milliondan ortiq aholi Uzum Bank kartalaridan foydalanmoqda.Jamoamiz raqamli servislarni bir-birini to‘ldiradigan va butun mamlakat bo‘ylab millionlab odamlarning hayotini biroz osonlashtiradigan ekotizimni rivojlantirishda davom etmoqda. Ishonchimiz komilki, aynan shunday yondashuv zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni millionlab odamlar uchun qulay
    7,080121274Open in Telegram
  • Uzum

    9 Jul, 08:34

    💜 Uzum 2026-yilning birinchi yarmida qariyb 900 milliard so‘m soliq o‘tkazdiUshbu summaga 100 mingdan ortiq tadbirkor — Uzum servislari sotuvchilari va hamkorlarining soliq ajratmalari kiritilmagan. Raqamli muhitda biznesni rivojlantirish orqali ular ko‘p millionli auditoriyaga, logistika infratuzilmasiga, ekotizimning moliyaviy va marketing vositalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar hamda ularning faoliyati yanada shaffoflashadi. Uzum Market tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, yildan yilga marketpleysdagi sotuvchilarning aylanmasi 60% ga oshgan, bu esa kichik va o‘rta biznesdan soliq tushumlarining ko‘payishiga xizmat qilmoqda.Raqamli xizmatlar O‘zbekiston iqtisodiyotining tobora muhim qismiga aylanib bormoqda va asta-sekin mamlakat iqtisodiy infratuzilmasining to‘laqonli qismiga aylanmoqda. Bugungi kunda ular nafaqat millionlab
    5,310128761Open in Telegram
  • Uzum

    8 Jul, 07:35

    💜 Uzum O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun infratuzilmaga 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritdiVa bu hali boshlanishi — yaqin bir necha yil ichida mamlakatning logistika va IT infratuzilmasini rivojlantirishga yana bir necha yuz million dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqdamiz.Bugungi kunda Uzum Market hamkorlari O‘zbekistondagi eng yirik elektron tijorat logistika majmuasi bilan hamkorlik qilmoqda. 2026-2028-yillarda biz poytaxtda ham, hududlarda ham logistika quvvatlarini bir necha barobar oshirishni rejalashtirganmiz. Katta hajmli tovarlar uchun saralash markazi va ombor majmuasi loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Logistika quvvatlarining kengaytirilishi Uzum Market’ga kuniga 600 mingtagacha tovarni qayta ishlash, shuningdek, o‘n minglab mebel, maishiy texnika va boshqa yirik hajmli tovarlarni saqlash imkonini beruvchi
    3,180179932Open in Telegram
  • Uzum

    2 Jul, 05:17

    💜 Butun dunyo bo‘ylab tobora ko‘proq insonlar O‘zbekistonni — uning boy madaniyati, tarixi va g‘alabaga bo‘lgan mustahkam irodasini kashf etmoqda. Bu yozda O‘zbekistonda ham, undan tashqarida ham barchamiz milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatladik va futbolchilarimiz bilan faxrlanishda davom etmoqdamiz.Hyustondagi Uzum fan-zonasida yuzlab insonlar O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash, yurtimizning boy madaniyati bilan yaqindan tanishish va o‘zbek mehmondo‘stligi iliqligini his qilish uchun bir joyga jam bo‘ldi.Biz jamoamiz, xalqimiz hamda mamlakatimiz va yoshlarimizning jahon sahnasida o‘z o‘rnini dadil namoyon etayotganidan faxrlanamiz.Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿🌸💜 Все больше людей по всему миру открывают для себя Узбекистан — нашу культуру, историю и невероятную волю к победе. И этим летом в Узбекистане и далеко за его пределами мы вместе болели
    2,990video655Open in Telegram
  • Uzum

    1 Jul, 08:40

    ❗️Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda foydalanuvchilarga "Uzum Fortune", "Uzum Slots", "Uzum Casino" va boshqa shu kabi servislar nomi ostidagi mahsulotlarni taklif qiluvchi sahifalar va reklama e’lonlari paydo bo‘ldi. Ularda Uzum brendi nomidan katta yutuqlar va bonuslar va’da qilingan qimor o‘yinlari targ‘ib qilinadi.Uzum ekotizimining bu loyihalarga aloqasi yo‘q. Uzum mahsulotlari orasida kazino, garov servislari yoki boshqa qimor o‘yinlarini taqdim etuvchi kompaniyalar yo‘q.Ko‘rsatilgan sahifalar, reklama materiallari va ilovalar Uzum brendi va ekotizimning brend elementlaridan noqonuniy foydalangan firibgarlar tomonidan tarqatilmoqda.Biz foydalanuvchilarga quyidagilarni qat’iy tavsiya etamiz: • ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa tekshirilmagan manbalardan olingan shubhali havolalarga kirmaslik; • messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki tashqi saytlar orqali olingan
    3,160136Open in Telegram
  • Uzum

    25 Jun, 07:58

    💜Tekshirilgan e’lonlar va bepul joylashtirish: endi Uzum Avto butun mamlakat bo‘ylab mavjudBugungi kunda platformada 50 dan ortiq brend avtomobillari taqdim etilgan. Shu bilan birga, foydalanuvchilar ko‘pincha Chevrolet'ning Lacetti, Cobalt va Spark avtomobillarini sotishadi.Uzum Avtoning asosiy xususiyati — tekshirilgan e’lonlar va oson joylashtirish jarayonidir. Avtomobilni sotuvga qo‘yish uchun davlat raqami, fotosuratlar va narxini kiritish kifoya. Qolgan ma’lumotlarni servis avtomatik tarzda to‘ldiradi, shu bois e’lon joylash taxminan bir daqiqa vaqt oladi, e’lon berish ham xususiy sotuvchilar, ham avtodilerlar uchun bepul bo‘lib qoladi.Barcha e’lonlar AI yordamida avtomatik tekshiriladi. Servis foydalanuvchilar faqat aktual takliflar va haqiqiy avtomobillarni ko‘rishlari uchun dublikatlar, soxta e’lonlar, noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlaydi va
    2,850822Open in Telegram
  • Uzum

    23 Jun, 17:34

    🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bu biz uchun nafaqat futbolchilarimiz bilan faxrlanish, balki butun dunyoga mamlakatning boy tarixi va madaniyati haqida so‘zlab berish imkoniyatidir.Uzum'da biz qo‘llab-quvvatlash kuchiga va katta yutuqlar odamlarni birlashtirishiga ishonamiz. Hozir Xyustonda Uzum'ning maxsus "Explore Uzbekistan" fan-zonasi mavjud bo‘lib, unda barchamiz birgalikda "O‘zbekiston — Portugaliya" o‘yinini tomosha qilishimiz, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashimiz va butun dunyodagi muxlislarga mamlakatimiz haqida so‘zlab berishimiz mumkin. O‘zbekiston o‘zining mehmondo‘stligi bilan mashhur va bugun musiqa, milliy taomlar va, albatta, futbol muxlislarining jonli muloqoti orqali biz mamlakatni o‘zimiz bilgan va sevgan holda ko‘rsatmoqchimiz.Olg‘a, O‘zbekiston! 🏆Manzil: 2200
    6,1408421Open in Telegram
  • Uzum

    19 Jun, 10:35

    🍇 So‘nggi yillarda O‘zbekiston yanada faolroq xalqaro biznes va investorlar e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Va V Toshkent xalqaro investitsiya forumi yana bir bor mamlakatga qiziqish uning iqtisodiyoti, texnologik sektori va ishbilarmonlik hamjamiyati bilan birga ortib borayotganini ko‘rsatdi.Biz uchun TIIF'da ishtirok etish nafaqat raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish haqida so‘zlab berish, balki biznes, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan birgalikda mamlakat kelajagi qanday bo‘lishini muhokama qilish imkoniyatidir. Bu yil Uzum jamoasi investitsiyalar, raqamli infratuzilma, fintech va tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhokamalarda ishtirok etdi.Tashkilotchilar, hamkorlar va barcha ishtirokchilarga ochiq muloqot va ilhomlantiruvchi muhit uchun tashakkur.🌸
    5,2908543Open in Telegram
  • Uzum

    27 May, 04:01

    🌙Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!Ushbu bayram har bir xonadonga tinchlik, farovonlik va iliqlik olib kelsin.Sizga mustahkam sog‘lik, tinchlik va yaqinlaringiz bilan imkon qadar ko‘proq baxtli onlar tilaymiz ✨🌸🌙Поздравляем с праздником Курбан хайит!Пусть этот праздник принесет в каждый дом спокойствие, благополучие и тепло.Желаем вам крепкого здоровья, мира и как можно больше счастливых моментов рядом с теми, кто вам дорог ✨
    4,6701953Open in Telegram
  • Uzum

    22 May, 09:00

    ✨ Uzum V Toshkent xalqaro investitsiya forumining (TIIF) hamkori bo‘ldiBugungi kunda O‘zbekiston mintaqaning asosiy o‘sish nuqtalaridan biriga aylanmoqda va bunda raqamli iqtisodiyot muhim rol o‘ynamoqda. Biz foydalanuvchilarning odatlari qanday o‘zgarayotganini, e-commerce bozori qanday o‘sayotganini va raqamli xizmatlar butun mamlakat bo‘ylab millionlab odamlarning kundalik hayotining bir qismiga aylanayotganini ko‘rmoqdamiz.Biz uchun ushbu jarayonning bir qismi bo‘lish va mintaqaning asosiy xalqaro ishbilarmonlik tadbirlaridan biri bo‘lgan TIIF'da O‘zbekistonning texnologik salohiyatini namoyish etish alohida ahamiyatga ega. Bu yil forum 16-18 iyun kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tadi.TIIF'da ko‘rishguncha!🌸✨ Uzum стал партнером V Ташкентского международного инвестиционного форума
    4,3701032Open in Telegram