gram news
I got a bad idea channel avatar

I got a bad idea

@vasilbro

Kayfiyatga qarab yozaman (18+) Bog'lanish uchun: @vasilbro_bot Geek madaniyat: @geekxona

ProjectsENEsoteric

3,710subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • I got a bad idea

    20 Sept, 17:24

    Davomi yutipda.
    1,150video181492Open in Telegram
  • I got a bad idea

    20 Sept, 10:08edited

    Ertalabdan kushli depressiya !Kuni kecha 700 dan oshiq obunachi bor edi, bir kun ichida 200 taga kamayib - 511 ga tushib qolibdi. Bu yerda bir fitna borga o‘xshayotir )Kanalda 3000 mingdan ziyod odam bor - 1000 ga chiqarib qo‘yishga qodirmiz deb o‘ylayman. Qarindosh, sinfdosh, ulpatlarni guruhlariga ulashib yaxshilab isiriq tutatvorsak, bu qorong‘u kunlar ortda qolsa kerak, vallahi ))Obuna bo‘lish - qo‘llab-quvvatlash.
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    1,4306213731Open in Telegram
  • I got a bad idea

    17 Sept, 13:02

    Anboksing
    2,009video398721Open in Telegram
  • I got a bad idea

    17 Sept, 12:33

    forwarded from @geekxona

    #anonsTemirni issig‘ida bosmoqlik joiz )))
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    1,7902464Open in Telegram
  • I got a bad idea

    16 Sept, 16:12

    forwarded from @geekxona

    Istalgan katta masshtabli madaniy hodisa u MCU bo'ladimi, DC koinotimi, video o'yinlar yoki adabiyot insonga va uning psixologiyasiga xuddi shunday chuqur ta'sir ko'rsata oladi. Chunki gap konkret bitta janrda emas, balki koinotning ko'lami, uning ichidagi falsafa va inson o'sha dunyodan o'zi uchun qanchalik kuchli ruhiy suyanchiq topa olishida. Odam o'ziga yaqin deb bilgan va miqyosi keng bo'lgan har qanday muhitga sho'ng'ishi mantiqiy.Shuning uchun buni qandaydir anime kasalligi deb baholamasdan, shunchaki yirik ommaviy madaniyatning inson psixologiyasidagi tabiiy aks-sadosi deb qarash kerak.Biroq bu yerda nozik bir chegara bor. Agar bunday qiziqish insonning dunyoqarashini boyitadigan, unga intellektual va estetik zavq beradigan sevimli mashg‘ulot bo‘lsa, u shaxsiy rivojlanishga xizmat qilishi mumkin. Ammo bu qiziqish real hayot bilan aloqani uzish, kundalik mas’uliyatlardan
    1,870video1344Open in Telegram
  • I got a bad idea

    16 Sept, 10:44

    Kapitan Fantastik filmidan parcha - Isming nima ? - Bo - Qanday ma’noni anglatadi (hayronlik) - Ma’nosi yo’q, ismimni ota-onam o’ylab topishgan, singillarim va ukalarimnikini ham (Kielyer, Vespyr, Zaja, Nay, Rellian). Barchamizning ismlarimiz takrorlanmas
    1,740video45222Open in Telegram
  • I got a bad idea

    15 Sept, 07:28

    forwarded from @geekxona

    Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun tashakkur. Har doim yaxshiroq bo‘lishga va podkastni rivojlantirishga intilyapmiz.Mehmon chaqirish borasidagi fikrlaringizni ham inobatga olamiz. Umuman olganda, noneym kanalning o‘sishida mehmonlarning o‘rni juda katta. Lekin hozircha bizda resurs va masofa bilan bog‘liq muammolar bor. Podkast Jizzaxda bo‘layotgani sababli taklif qilgan ko‘plab mehmonlarimiz rad javobini berishyapti. Bu, aslida, juda normal holat.Maqsadimiz odamlar shu podkastga chiqishni o‘zlari niyat qiladigan darajaga yetib borish. Shundagina deyarli istalgan mehmonni podkastga jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Hozircha bu darajadan kilometrlab uzoqdamiz. Muhimi, yo‘lda davom etish.Isiriqlab, duo qilishdan to‘xtamang😁Rahmat )
    1,650301422Open in Telegram
  • I got a bad idea

    14 Sept, 17:08edited

    Anime haqidagi 3-sonni ham youtubega joyladik.Taym kodlar qo‘yildi. Yaxshiroq so‘kishilar uchun 4k sifatda yukladik. Xullas hamma shart-sharoit bor - faqat ko‘rib, obuna bo‘lish qoldi.P.s: Biz qashshag'larni layk va izohlar bilan qo‘llab-quvvatlavorasizlar degan umiddaman )
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    2,690491783Open in Telegram
  • I got a bad idea

    12 Sept, 06:38

    Shuni ham hal qivorilu )
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    3,0001221151Open in Telegram
  • I got a bad idea

    12 Sept, 06:05edited

    Собир ака: Ҳурматли дўстлар, ошга соат неччида йиғиламиз?Jasur: O'zi har safar shu muammo... Soat 18:00 ga deyishgandi-ku.Şohruh: Jasur, ma’nan orqada qolib ketibsan. Yangi alifbo ma’qullandi - Özi har safar şu muammo... Soat 18:00 ga deyişgandi-ku, böladi. Çiroyli va ixçam, töğrimi ?Doston: e pr6blemalaring tugamaydiya)) man 10 minutda boraman, 6zi 4oyxona o4iqmi hozir ? wuniyam aniq bilinearila..Собир ака: Доston, бу нима деганинг ? 6-зи 4-ойхона ?Jasur: Sobir aka, e'tibor bermang, bu internet tili. Lekin Shohruh, sening yangi harflaringni ko‘rib ko‘zim tinib ketdi. ⁠Ç⁠ va ⁠Ş⁠ nima, turk serialidan ssenariy ko‘chirayapsanmi ?Şohruh: Bu islohot, Jasur ! Sening apostroflaring tugmaçani uç marta bosdirardi. ⁠Oʻ⁠ yozgunça soçingga oq tuşadi. Yangi alifbo ança tejamkor.Doston: oyog'ila yerdan uzilibdi )) amallab 6qivosilaku baribir, nima farqi bor: "choy" yoki "4oy", mazza
    3,14010471Open in Telegram
  • I got a bad idea

    12 Sept, 05:14

    Nima gap savodsizlar !
    2,31076622Open in Telegram
  • I got a bad idea

    6 Sept, 15:21

    forwarded from @nurbekalimov

    Америка президентлари, Франция инқилоби, доллар купюраси, Моцарт, Пушкин ва ҳатто Туркистонни нима боғлайди?Конспирологлар учун жавоб оддий: масонлар.Гўёки улар асрлардан бери дунёни парда ортидан бошқаради. Президентлар эса шунчаки уларнинг буйруғини бажаради. Лекин бу даъволарнинг қайси бири ҳужжатлар билан тасдиқланган, қайси бири гипотеза, қайси бири шунчаки чиройли афсона?Янги роликда масонлар ва иллюминатларнинг ҳақиқий тарихини қараб чиқамиз. Доллардаги кўз кимнинг рамзи? Иллуминатлар Франция инқилобини уюштирганми? Туркистонда масон ложалари бўлганми? Энг муҳими — нега одамлар фитна назарияларига бу қадар осон ишонади?Чойни дамланг. Фолгадан шапка бўлса, уни ҳам кийиб олинг 😁📺 Янги роликни томоша қилинг: https://youtu.be/1_Nn4TaYxWA
    YouTubeSirli tashkilotlar | 300 yillik fitna nazariyasi tahlili | TARIX RAKURSI | @AlimoffJuda zo‘r narhda 50 ta ajoyib kitoblarni sotib olib, o‘z uy kutubxonangizni yarating! https://asaxiy.uz/u/6a2920e8c1195 Loyihani donat bilan qöllab quvvatlovçilar uçun: https://tirikchilik.uz/alimoff Instagram: https://www.instagram.com/nurbek_alimoff/…
    3,35091Open in Telegram
  • I got a bad idea

    27 Aug, 13:56

    Bugungi kun
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    4,8801278765Open in Telegram
  • I got a bad idea

    26 Aug, 16:54edited

    Bugungi kunda istagan film yoki serialimni o‘zimga qulay vaqtda ko‘rishim mumkin. Kompyuterni ochaman, qidiraman, tanlayman va tomosha qilaman. Ammo, kompyuterdan o‘zim izlab yoqsam, bu ongli va rejalashtirilgan ishga aylanadi. Televizorda esa biror sevimli filming yoki serialingni tasodifan uchratib qolishing butunlay boshqacha tuyg‘u. Miya buni kutilmagan, yoqimli sovg‘adek qabul qiladi. Xuddi ko‘chada anchadan beri ko‘rishmagan eski qadrdoningga duch kelib qolgandek.Merlin men uchun shunaqa serial.Qizig’i qanchalik suymay, biror marta internetdan ataylab qidirib ko‘rmaganman. Ammo televizorda berib qolsa, kanalni almashtirmayman. Shu payt bolaligimda darslarni tezroq tugatib, serialning efir vaqtini kutganlarim, boshlanishi bilan televizor qarshisiga ittey yugurganlarim ko‘z oldimdan o‘tadi.Hozir imkoniyat ko‘p, lekin tanlov horg‘inligidan charchash bor. Televizor esa tayyor
    4,890751610Open in Telegram
  • I got a bad idea

    26 Aug, 11:21

    Bugungi kun
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    4,2208653Open in Telegram
  • I got a bad idea

    24 Aug, 13:08

    forwarded from @kitob_ombori

    Ilmiy-fantastikaning kinodagi eng yorqin na’munalaridan biri olmonlar tarafidan ishlagan “Zulmat” (Dark) seriyalidir. Ushbu seriyalni nemis tilida, inglizcha subtitlelar bilan koʻrganman. Netflix’dan ham ilk obunani mana shu seriyalga boʻlgan kuchli qiziqish sabab sotib olganman.Seriyal oʻzining murakkab syujeti, pessimistik, sovuq va falsafiy yondashuvi bilan menga gʻoyat ajib hissiyotlarni bergan.Kartinada mening nazarimdagi eng koʻp koʻtarilgan gʻoya “Qilayotgan ishimiz o'tmishni o'zgartiradimi yoki kelajaknimi?” degan savoldir. Voqealar ham aynan mana shu savol atrofida qayta-qayta kesishaveradi.Ishoning, bu mavzu haqida soatlab oʻqiladigan tarzda maqola yozishim mumkin ammo Geekxona’dagilar buni navbatdagi podkast’da juda ajoyib tarzda yoritishibdi.https://youtu.be/F-EdVhENjSI?si=QqLtwN125MvYWpYf
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    4,1901553Open in Telegram
  • I got a bad idea

    24 Aug, 12:52

    forwarded from @geekxona

    #anonsUchinchi sonimizning mavzusi Anime olami. Mehmonimiz - LestatAnime bolalar uchun multfilmmi ? Agar siz hali ham shunday deb o‘ylasangiz, keyingi sonimiz aynan siz uchun. Eng qizig‘i, anime bitta janr yoki bitta auditoriyaga mo‘ljallangan olam emas. Bu yerda bolalar uchun sodda va quvnoq dunyolardan tortib, o‘smirlik davrining murakkab kechinmalarini aks ettiradigan asarlargacha, kattalar uchun esa og‘ir, falsafiy va psixologik mavzularni ko‘taradigan ummon-ummon hikoyalar bor.Xullas keyingi sonimizda internetda yillardan beri davom etayotgan anime yosh bolalar uchun degan stereotip va bahslarga nuqta qo‘ymoqchimiz.Youtube sahifamizga obuna bo'lishni unutmang.@geekxona
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    2,54014431Open in Telegram
  • I got a bad idea

    24 Aug, 04:55edited

    Ikkinchi sonimizni ham eson-omon youtubega joylavoldik. Xatolar ustida ishladik, o'ylaymanki, bu safar sifatliroq chiqdi - yaxshilanishda davom etamiz. Xullas, ohirgi 10 kunda ichingizga yig'lib qolgan barcha dardni va fikrlarni izohlarda qoldirishingiz
    2,890video4563Open in Telegram
  • I got a bad idea

    24 Aug, 04:43

    forwarded from @alimofflive

    Тоба одамлар Ютюбни ишхонада кўрадими дейманда. "Дам олиш кунлари одамлар уйида дамоп Ютип кўради" деб ўйлаб, видео қўйсанг учмайди. Иш кунлари қўйсанг иттай кўрилади🤣
    2,79084Open in Telegram
  • I got a bad idea

    23 Aug, 13:13edited

    Ikkinchi sonimizni ham eson-omon youtubega joylavoldik.Xatolar ustida ishladik, o'ylaymanki, bu safar sifatliroq chiqdi - yaxshilanishda davom etamiz.Xullas, ohirgi 10 kunda ichingizga yig'lib qolgan barcha dardni va fikrlarni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Layk, isiriq va duo ham esdan chiqmasin.Videoni ko'rich uchun bosing.
    Image from a post by I got a bad ideaImage from a post by I got a bad idea
    4,8202785421Open in Telegram