Latest posts

Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
22 Sept, 16:43
forwarded from @osibuz
MAHORAT DARSI | IJODIY UCHRASHUVBugun, 22-sentabr kuni, Oqqo‘rg‘on tumani 25-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida ijodiy uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida ishtirokchilar ustozlar bilan samimiy muloqot qilish, yangi g‘oyalar va ilhom olish, qiziqarli chiqishlarni tomosha qilish, ijodiy tajriba almashish hamda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston xalq artisti, “Opera san’ati” ijodiy birlashmasi raisi Avazxon Akbarovich Rajabov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi professori Ruslan Rayetovich Gafarov ishtirok etdilar.Musiqa, ijod va tajriba almashinuviga boy ushbu uchrashuv yosh ijodkorlar uchun yangi bilim, ilhom va motivatsiya manbai bo‘ldi.



Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
22 Sept, 11:03
“OLIY TA’LIMGA SAYOHAT”Chirchiq shahar 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi Tasviriy san’at bo'limi o‘quvchilari uchun Chirchiq davlat pedagogika universitetiga qiziqarli va foydali sayohat tashkil etildi.Bolalar qiziqarli ustaxonalarga tashrif buyurib u yerdagi ijodiy jarayon bilan yaqindan tanishdi.Albatta bunday sayohatlar o‘quvchilarga yangi bilimlar va , o’zlarining san'at dunyosini kashf etishlariga yordam beradi.Telegram | Instagram |Facebook| You Tube | Website




Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
22 Sept, 09:55
forwarded from @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
22 Sept, 09:01
🏆 Yuksak e’tirof!Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 28-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi iqtidorli va fidoyi o‘qituvchisi Sobirjonov Akobirjon Shukurjon o‘g‘li Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya doirasida san’at va ijod sohasidagi faoliyati, ijodiy izlanishlari hamda erishgan yutuqlari uchun “Yuksak e’tirof” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Ushbu yuksak e’tirof bilan ustozimizni samimiy muborakbod etamiz!Telegram | Instagram |Facebook| You Tube | Website


Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
22 Sept, 07:04
#OAV_biz_haqimizdaOlmaliq shahrida bo'lib o'tgan “Yangi O‘zbekiston ovozlari” ko‘rik-tanlovi "Nurafshon TV" telekanali lavhasidaTelegram | Instagram |Facebook| You Tube | Website
Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
22 Sept, 06:34
#kiberxavfsizlikHushyorlik — firibgarlikka qarshi eng ishonchli qalqonAxborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda inson faoliyatining deyarli barcha jabhalari raqamli makon bilan chambarchas bog'lanmoqda. Biroq axborot tizimlarining keng quloch yoyishi o'z navbatida kiberjinoyatchilikning yangicha usullari ko'payishiga ham zamin yaratdi. Bugungi kunda davlat idoralari, yirik ishlab chiqarish tarmoqlari va oddiy fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlari hamda moliyaviy mablag'lari xavfsizligini ta'minlash eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. ➡️BATAFSIL📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱X


Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
22 Sept, 05:03
#faoliyat #ochiq_darsPiskent tumanidagi 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi Fortepiano ijrochiligi boʻlimi oʻqituvchisi M.G'.G'ofurjonova sinfida “Interfaol o‘yin texnologiyalari asosida 1-sinf o‘quvchilarida fortepiano ijrochiligining boshlang‘ich ko‘nikmalarini shakllantirish”mavzusida ochiq dars tashkil etildi.Dars davomida “Sehrli klaviatura”, “Pianino kvesti”, “Klaviatura qahramoni” kabi qiziqarli interfaol o‘yin va topshiriqlardan foydalanilib, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi, mustaqil fikrlashi rag‘batlantirildi. O‘yin orqali ta’lim berish usuli bolalarda musiqiy eshitish, ritmni his qilish, diqqatni jamlash va ijrochilik ko‘nikmalarini tabiiy va qiziqarli tarzda shakllantirishga xizmat qildi.Ushbu yondashuv orqali fortepiano darslari nafaqat bilim beruvchi, balki ijodkorlik, qiziqish va musiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi faol ta’lim jarayoniga aylantirildi.T




Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
21 Sept, 13:04
Dars jarayonidan lavhalarParkent tumani 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiTelegram | Instagram |Facebook| You Tube | Website




Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
21 Sept, 12:13
Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston ovozlari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.Tanlovda mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan 60 nafarga yaqin turli kasb egalari bir sahnada jam bo‘lib, o‘zlarining iste’dod va ijodiy mahoratlarini namoyon etdilar.Ushbu ijodiy loyiha nafaqat iste’dodlarni kashf etish, balki mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.Telegram | Instagram |Facebook| You Tube | Website
Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
21 Sept, 10:20edited
#chellenj_dutorBiz yangi o'quv yili boshlanganidan hursandmiz...Angren shahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o'quvchilariTelegram | Instagram |Facebook| You Tube | Website
Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi | rasmiy
21 Sept, 10:18
Dars jarayonidan lavhalarQibray tumani 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiTelegram | Instagram |Facebook| You Tube | Website



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
