gram news
Respublika Volontyorlar maktabi channel avatar

Respublika Volontyorlar maktabi

@vm_uzb

O'zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yo'lga qo'yilgan Respublika volontyorlar maktabi rasmiy sahifasi Aloqa uchun: @jdureport

ProjectsUZOther

1,940subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Respublika Volontyorlar maktabi

    27 Jul, 06:33

    #volontyorlarOilasi #volontyorlarQabuli #triatlon🥇 Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri - Samarqandda - oilaviy unutilmas sport festivaliga aylanishni va'da qilgan 🇺🇿 🤾‍♀️🤾‍♀️🤾‍♀️🤾‍♀️ ❤️(uchkurash) bo'yichaXalqaro havaskorlar poygasi bo'lib o'tadi🔥Challenge Samarkand 2026!🔥🗓O'tkazilish sanasi: 12–13-sentyabr🟢volonyorlarga taqdim etiladi ✅ maxsus ekipirovka; ✅ ovqatlanish; ✅ beqiyos tajriba va unutilmas xotiralar!Yosh chegarasi: 18+ ⚠️ Ustunlik qo’shimcha til bilgan va volontyorlik loyihalarida faol ishtirok etganlarga beriladi🖥Ro'yxatdan o'tish uchun havola : https://tanlov.forms.app/challenge2026
    4,860654111Open in Telegram
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    28 Jun, 07:59

    🇺🇿 Toshkent volontyorlari, navbat sizda!Har bir marafonda yuzlab volontyorlarning ko'zlarida bir xil yonish bor — boshqalarga yordam berish, bir jamoa bo'lib katta ishni amalga oshirish hissi. Endi bu hissni Toshkentda ham his qilamiz!🤝 Volontyor bo'lish — bu shunchaki yordam berish emas, bu tajriba, do'stlik va xotiralar to'plamiga aylanadi. 🥰 Birinchi marta qadam qo'yayotgan bo'lsangiz — xavotir olmang, jamoamiz har doim yoningizda 🥰 Tajribali volontyor bo'lsangiz — bilimingiz va energiyangiz bizga juda kerak Ikkalasiga ham — jamoamizda joy tayyor! 💪📍 Yoshlar Ijod Saroyi (Kreativ Park) ⏰ Bugun, soat 16:00Keling, Toshkentni birga harakatga keltiramiz! ⚡👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    26 Jun, 10:23edited

    ⚡️ "Vatan mehri — Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus" tanlovida ishtirok eting!Mahallangizda ijobiy o‘zgarishlar qilmoqchimisiz? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! Barcha fidoiy volontyorlarni o‘z loyihalari bilan qatnashishga chorlaymiz.📌 Tanlov shartlari juda oddiy: 🇺🇿 Yakka tartibda ariza topshirasiz. 🇺🇿 O‘z mahallangizda 30 kun davomida kichik ijtimoiy loyiha amalga oshirasiz. 🇺🇿 Har kuni qilgan ishingizni Instagram sahifangizda Post yoki Reels qilib joylab borasiz.📱 Instagram uchun majburiy talablar: 🔸 Heshteglar: #ijtimoiyvolontyorlar2026 #mahalladabirkun 🔸 Shu sahifalarni belgilang: @ijtimoiyhimoya_agentligi @uva.uz @yoshlaragentligi @ijtimoiy_volontyorlar🗓 Muhim muddatlar: 🔹 Arizalar qabul qilishning oxirgi kuni: 1-iyul 🔹 Loyiha o'tkaziladigan vaqt: 1-iyul — 1-avgust
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    17 Jun, 13:05

    forwarded from @volontyorlar_maktabi_toshkentsh

    ⚽️ Futbolchilarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!📢 Ertaga, 18-iyun kuni tongi soat 05:00 da Bunyodkor stadionida futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tadi.🎨 Vazifalar: 🏳️ Bayroqlarni chizish va tayyorlash 🤝 Tashkiliy ishlarda ko‘maklashish 🔥 Stadionda yuqori kayfiyat muhitini yaratish👥 Volontyorlar qabul qilinmoqda! 🎽 Barcha volontyorlar ekipirovka bilan ta’minlanadi.⚠️ Joylar soni cheklangan! 😊 Ishtirokchilar uchun eng muhim talab — pozitiv kayfiyat va jamoaviy ruh.📩 Qatnashish istagida bo‘lganlar @o_sh_n_o profiliga murojaat qilishlari so‘raladi.🇺🇿 Keling, futbolchilarimizga birgalikda kuchli qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatamiz!Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    27 Apr, 17:58

    forwarded from @volontyorlar_maktabi_surxondaryo

    SURXONDARYO VOLONTYORLAR MAKTABI — 9-MAVSUMGA START BERILDI! 🚀Bugun Surxondaryo Volontyorlar Maktabining 9-mavsum ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.Tadbirni Mengto‘rayeva Laylo – Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining bolalar, xotin-qizlar, ta’limdagi yoshlar hamda volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh mutaxassisi ochib berdi.🤝 Marosim davomida volontyorlikning mazmun-mohiyati, uning jamiyatdagi o‘rni va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida suhbat olib borildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan qiziqarli o‘yinlar, jamoaviy mashg‘ulotlar va interaktiv jarayonlar tashkil etildi.✨ Quvonarlisi, ushbu mavsumga 80 nafardan ziyod faol va tashabbuskor yoshlar volontyorlikka qiziqish bildirib tashrif buyurdilar.Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Yangi mavsum barchamiz uchun muvaffaqiyatli bo‘lsin!Surxondaryo Volontyorlar
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    19 Mar, 11:54

    #Inson #IHMA🟢E’tibor Nuqtasi: 💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬 🧠 "Inson uchun" volontyorlar qabuli ochildi 💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬👨‍🦽 Ijtimoiy himoya Milliy agentligi tomonidan
    3,02071Open in Telegram
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    2 Mar, 07:53edited

    #Toshkent_shahar_vm⚡️ Ko‘pchilik kutgan 3-mavsum nihoyat start oldi! Volontyorlar maktabi – 3-mavsum uchun qabul boshlandi!Shartlar: ◾️ ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tiladi; ◾️online yoki yuzma-yuz suhbat o'tkaziladi; ◾️qabul qilinish uchun shart bajariladi. ◽️ shartni o'z vaqtida bajargan yoshlar 3-mavsum volontyori sifatida maktabga qabul qilinadi.🔹Davomiyligi: 1 oy 🔹Narxi: Bepul 🔹Deadline: 3-mart, 2026-yil, soat 23:59 🔹Manzil: Alisher Navoiy, 11A-uyRo'yxatdan o'tish🤗Sizni unutilmas loyihalar va ajoyib damlar kutayabdi!Ro’yxatdan o’tishga ulgurib qolinglar bu siz kutgan imkoniyat bo'lishi mumkin✨
    2,75011Open in Telegram
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    24 Feb, 09:38

    forwarded from @yoshlaragentligi

    ⚡️Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadiBugun dunyo aholisining 10 foizdan ortig‘i volontyorlik bilan shug‘ullanmoqda.So‘nggi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar tashkil qilinganining hisobiga bizda ham bunday yoshlar 5 karra ko‘paydi.Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashish yo‘nalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi.Mana shunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol ko‘ngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi.Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi. Ushbu jamg‘armaga har yili budjetdan 20 milliard so‘mdan
    1,64051Open in Telegram
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    17 Feb, 10:21edited

    #WTCS #Samarkand2026 #Volontyor #Triathlon🚨 Samarqandda jahon darajasidagi sport voqeasi: Volontyorlarlar uchun imkoniyat!Dunyo nigohi O‘zbekistonda! 2026-yilning 25–26-aprel kunlari ko‘hna Samarqand ilk bor World Triathlon Championship Series (WTCS) bosqichiga mezbonlik qiladi.🇺🇿 Sizni nimalar kutmoqda? Xalqaro darajadagi tashkilotchilik tajribasi; Dunyoning eng kuchli triatlonchilari va Olimpiada chempionlari bilan bir muhitda ishlash; Yangi do‘stlar va unutilmas xotiralar; Maxsus volontyorlik paketi (ekipirovka, sertifikat va boshqalar).🇺🇿 Bizga kimlar kerak? Faol, mas’uliyatli va jamoada ishlashni xohlaydigan; Kamida bitta xalqaro tilni (ingliz, rus va h.k.) biladigan; 18 yoshdan oshgan; Sportga va vatanimiz nufuzini oshirishga befarq bo‘lmagan insonlar.📍 Joy: Samarqand shahri, Silk Road Samarkand 📅 San
    3,21052Open in Telegram
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    3 Feb, 08:30

    forwarded from @uva_uz

    🛡 Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi — har birimizning mas’uliyatimiz!Aziz volontyorlar! So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim davlat tizimlaridan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalganiga oid xabarlar tarqalmoqda. Hozirda mutaxassislar bu holatni o‘rganishmoqda.Biz, volontyorlar, nafaqat o‘zimizni, balki atrofimizdagilarni ham himoya qilishimiz kerak. Nimalarga e’tibor berish lozim?Parollarni yangilang: Davlat xizmatlari (OneID, soliq, va hk) va ijtimoiy tarmoqlar uchun murakkab parollardan foydalaning.Shubhali havolalarga kirmang: "Yordam puli", "Yutuqli o‘yinlar" yoki rasmiy ko‘rinishdagi soxta saytlarga shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang.Ma’lumot bermang: Telefon orqali o‘zini bank xodimi yoki davlat idorasi vakili deb tanishtirgan shaxslarga SMS-kodlarni aslo aytmang.🚀 Bizning vazifamiz: Mazkur xabarni yaqinlaringiz va yordam berayotgan insonlaringizga ham
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    16 Jan, 10:20

    🧠 Mini-o‘yin: REALmi yoki AI?2 ta rasm bor 👇 — bittasi haqiqiy (REAL) — bittasi sun’iy intellekt (AI) tomonidan yaratilgan❓ Top: 1 yoki 2 — qaysi biri feyk? ✍️ Javobni izohgaga yozing: 1 / 2💡 Adashsangiz — normal. Bugun AI juda ishonchli ko‘rinadi. Shuning uchun biz taxmin qilmaymiz — tekshiramiz.❓ Savol: Nega tekshirishdan uyalmaslik kerak?👇 Fikringizni yozing:🧠 O‘yla → Tekshir → Ulash
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    16 Jan, 07:02

    🖼 Rasm rostmi? Tekshirib ko‘r!Shubhali rasmni ko‘rdingizmi? Ulashishdan oldin reverse image search qiling:1️⃣ Rasmni saqlang 2️⃣ Google Images → Upload → Search 3️⃣ “Visually similar images”ni ko‘ring 4️⃣ “All sizes” bo‘limini tekshiring🧠 Bir rasm — mingta yolg‘on bo‘lishi mumkin. Tekshiring, keyin ulashing.#thinkcheckshare #OʻylaTekshir @mjdc_uzRespublika volontyorlar maktabi 🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    14 Jan, 06:13

    🧠 Sarlavha sizni boshqarayaptimi?“Shok!” “Buni hamma bilmaydi!” “Doktorlar yashirgan haqiqat!”Bunday sarlavhalar tasodifiy emas. Ular sizni o‘ylamasdan bosishga majbur qilish uchun yoziladi.Clickbaitning maqsadi — sizni: — hayajonlantirish — qo‘rqitish — g‘azablantirishShunda siz tekshirmaysiz. Faqat ulashasiz.Odatda bunday postlarda: — aniq manba yo‘q — sana ko‘rsatilmagan — fakt o‘rniga hissiyot bor
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    14 Jan, 06:13

    🖼 Juda mukammal rasm — shubhaliIdeal yuz. Mukammal yorug‘lik. Hamma narsa joyida.Aynan shunday rasmlar bugun eng ko‘p aldab ketadi.AI yaratgan tasvirlar ko‘pincha: — haddan tashqari silliq — real hayotdan “toza” — detallarida mantiqiy xatolarga egaMasalan: — barmoqlar noto‘g‘ri — fon chalkash — tekstura bulg‘angan📌 Xulosa: real hayot mukammal emas. Shuning uchun juda ideal kontent — doimo tekshirilsin.
  • Respublika Volontyorlar maktabi

    9 Jan, 04:19

    🕵️‍♂️ BU VIDEO REALMI? 5 SONIYADA TEKSHIRIB KO‘RING📌Ko‘rganingga emas, tekshirganingni ishonKo‘rdingiz. Eshitdingiz. Ishondingizmi? To‘xtang ✋ balki bu deepfakedir.🔲 Tezkor tekshiruv (o‘zingizga savol bering):☑️ Odam juda “ideal” gapiryaptimi? ☑️ Yuz harakati biroz kechikayotgandek tuyuladimi? ☑️ Ovoz tanish, lekin ohangi boshqachami? ☑️ Video sifati notekis (yuz tiniq, fon xira)? ☑️ Manba faqat bitta kanaldami?👉 Agar kamida 2 tasi “ha” bo‘lsa — ❌ ISHONMANG.🧩 Deepfake nimasi bilan xavfli? — Soxta bayonotlar
    1,18021Open in Telegram