gram news
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi channel avatar

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

@wayuuz

🌆 Migratsiya muammolarida yuridik yordam 💸Ogʻir vaziyatda yordam olish 📚 Xorijda oʻqish | Bepul konsultatsiya 🌍 Chet el universitetlariga grant yutish 🔗 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/wayu.uz

ProjectsUZLaw

3,880subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    22 Sept, 11:05

    forwarded from @yoshlarittifoqi_uz

    #XalqaroKoʻrgazma #YoshlarIttifoqi #IdpIELTS🎓 Qadrli yoshlar, xorijda ta’lim olishni istaysizmi?⏰ 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS & STUDY ABROAD hamkorligida yirik xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.💬 Ko‘rgazmada Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 20 ta nufuzli universitet vakillari bilan: ☑️ bevosita muloqot qilishingiz; ☑️ ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari bilan tanishishingiz; ☑️ universitetlarni solishtirib, o‘zingizga mosini tanlashingiz; ☑️ shu yerning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishingiz mumkin.🎁
    118video22Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    21 Sept, 06:10

    21-SENTABR — XALQARO TINCHLIK KUNIHar yili 21-sentabr kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro tinchlik kuni nishonlanadi. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan xalqlar va davlatlar o‘rtasida tinchlik, o‘zaro hurmat hamda hamjihatlik g‘oyalarini mustahkamlash maqsadida ta’sis etilgan.Tinchlik — insoniyatning eng ulug‘ ne’mati, taraqqiyot va farovon hayotning mustahkam poydevoridir. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va kelajakka ishonch bilan intilishi uchun tinchlik muhim ahamiyatga ega.O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan barcha vatandoshlarimizni, hamkorlarimizni hamda dunyo yoshlarini ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi!Barchamizga tinch va osoyishta hayot, xalqlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tilaymiz.Tinchlik — eng ulug‘ ne’mat!
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    17 Sept, 07:46

    forwarded from @mutolaaxona

    😊 5 kun o‘zingiz xohlagan kitobni eng kamida 5 daqiqadan o‘qing — iPhone 17 Pro Max yutib oling!• “Mutolaa” loyihasi doirasida “Omadli mutolaa” tanlovga start beramiz. Unga ko‘ra, siz o‘zingiz xohlagan kitobni ilovamiz orqali 5 kun ketma-ket kamida 5 daqiqa o‘qing va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz.🔥 Mana shu shartni bajargan kitobxonlar orasidan 1 kishiga 25-sentyabr kuni iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!✅ Sharti: 25-sentyabrgacha 5 kun davomida kamida 5 daqiqadan xohlagan kitobingizni o‘qishingiz kerak, bo’ldi. 25-sentyabr kuni jonli efir qilib, random orqali iPhone 17 Pro Max egasini aniqlaymiz.Mutolaa ilovasini yuklab oling
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    16 Sept, 08:29

    🇬🇧 CHEVENING 2027–2028: O‘ZBEKISTON FUQAROLARI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDABuyuk Britaniya hukumatining nufuzli Chevening Scholarship dasturi 2027–2028-o‘quv yili uchun O‘zbekiston fuqarolaridan arizalar qabul qilmoqda.Dastur Buyuk Britaniya universitetlarida bir yillik magistratura bosqichida tahsil olish va xalqaro professional aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi.Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:✅ O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish; ✅ bakalavr darajasiga ega bo‘lish; ✅ bakalavriatni ariza topshirish muddatidan kamida ikki yil oldin tamomlagan bo‘lish; ✅ bakalavriatdan keyin kamida ikki yillik — 2 800 soatga teng mehnat tajribasiga ega bo‘lish; ✅ Buyuk Britaniyaning uchta mos magistratura dasturini tanlash; ✅ grant yakunlangach, kamida ikki yil o‘z mamlakatiga qaytish majburiyatini olish.📅 Arizalar 2026-yil 6-oktabr kuni soat 11:00 UTCgacha — Toshkent vaqti bilan 16:00
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
    65621Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    15 Sept, 12:53

    forwarded from @shmirziyoyev

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. — В рамках государственного визита в Республику Корея Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретился с соотечественниками, работающими и обучающимися в этой стране.#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #vatandoshlarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
    24831Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    15 Sept, 05:22

    🇨🇦 KANADADA TALABALAR UCHUN MOLIYAVIY TALABLAR OSHIRILDI2026-yil 1-sentabrdan boshlab Kanadada o‘qish uchun ruxsatnoma — Study Permitga ariza topshirayotgan xorijiy talabalar yangilangan moliyaviy talablarni hisobga olishlari kerak.Endilikda Kanada tashqarisidan bir nafar talaba kamida 23 448 Kanada dollari miqdoridagi yashash xarajatlarini qoplay olishini tasdiqlashi lozim. Avval bu summa 22 895 Kanada dollarini tashkil etgan.Muhim: ko‘rsatilgan mablag‘ faqat bir yillik yashash xarajatlari uchun hisoblanadi. Kontrakt to‘lovi va Kanadaga borib-kelish xarajatlari bu summaga kirmaydi.Agar talaba oila a’zolari bilan borayotgan bo‘lsa, talab qilinadigan mablag‘ miqdori oshadi:🔹 1 kishi — 23 448 CAD 🔹 2 kishi — 29 192 CAD 🔹 3 kishi — 35 888 CAD 🔹 4 kishi — 43 572 CADAriza beruvchilar birinchi o‘quv yili uchun yetarli mablag‘ mavjudligini hujjatlar bilan ko‘rsatishi kerak.
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    14 Sept, 03:02

    🇳🇿 Yangi Zelandiyada tahsil olayotgan va o‘qishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun muhim yangilik!2026-yil 16-noyabrdan Yangi Zelandiyada xorijiy bitiruvchilar uchun yangi 6 oylik Short-Term Graduate Work Visa joriy etiladi.Ushbu viza talabalarga o‘qishni tamomlagandan keyin Yangi Zelandiyada olti oy davomida ishlash, ish izlash hamda tegishli talablarga javob bergan taqdirda Accredited Employer Work Visa turiga o‘tish imkonini beradi.Kimlar ariza topshirishi mumkin?🔹 Yangi Zelandiyada NZQCF tizimi bo‘yicha 5–7-darajadagi ta’lim dasturini tamomlaganlar;🔹 kamida 24 hafta kunduzgi shaklda tahsil olganlar;🔹 amaldagi Post-Study Work Visa talablariga javob bermaydigan bitiruvchilar;🔹 o‘zini ta’minlash uchun kamida 5 000 Yangi Zelandiya dollariga ega bo‘lganlar.Ariza talabalik vizasi muddati tugaganidan keyin uch oy ichida topshirilishi lozim.Shuningdek, 16-noyabrdan
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    13 Sept, 07:02

    forwarded from @shmirziyoyev

    Davlatimiz rahbari Koreyadagi vatandoshlar bilan suhbatlashdi. — Глава нашего государства побеседовал с соотечественниками в Корее.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    289video11Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    12 Sept, 11:14

    🇺🇸 AQShda xorijiy talabalar uchun muhim o‘zgarish2026-yil 15-sentabrdan boshlab AQShda F-1 talaba vizasi va J-1 almashinuv dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan xorijiy fuqarolar uchun yangi tartib joriy etilishi rejalashtirilgan.Yangi qoidalarga ko‘ra, ilgari amal qilgan “ta’lim davomiyligi mobaynida” qolish tartibi o‘rniga AQShda bo‘lishning aniq yakuniy sanasi belgilanadi. Ruxsat etilgan muddat ta’lim dasturining davomiyligiga qarab belgilanadi, biroq odatda to‘rt yildan oshmaydi.Asosiy o‘zgarishlar:🔹 AQShda qolish muddati I-94 hujjatida aniq sana bilan ko‘rsatiladi;🔹 to‘rt yildan ortiq davom etadigan ta’lim dasturlari uchun muddatni alohida uzaytirish talab etiladi;🔹 o‘qish yakunlangandan keyin mamlakatni tark etish yoki maqomni o‘zgartirish uchun beriladigan muddat 60 kundan 30 kungacha qisqartiriladi;🔹 ta’lim yo‘nalishini yoki oliy ta’lim muassasasini o‘zgartirishda
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    11 Sept, 09:13

    forwarded from @ibratfarzandlari

    🏆 IBRAT LIGASI BOSHLANDI!Sentyabr — Ibratda Ligalar oyi!🎉 Birinchi Ligani qarshi oling!Ligamiz sentyabr oyining 14-sanasida, dushanba kuni start oladi 🏁Darslarni bajaring, ball to‘plang va reytingda yuqorilang!🎁 G‘OLIBLAR UCHUN:🥇 1-o‘rin — iPhone 18 Pro 🥈 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘mEng qizigʻi sovgʻalar bu bilan tugamaydi ⭐️⏺4–10-oʻrinlar uchun 500 000 soʻm ⏺11–50-oʻrinlar: 200 000 soʻm
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    1 Sept, 11:51

    🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizda fayz-u baraka, xalqimiz hayotida farovonlik va totuvlik doimo bardavom bo‘lsin!Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | 🌐LinkedInwww.wayu.uz
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
    1,200931Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    27 Aug, 12:41

    “Welcome UK” — Buyuk Britaniyada o‘qishga tayyorgarlik 🇬🇧🎓Buyuk Britaniyada ta’lim olishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun “Welcome UK” amaliy treningi o‘tkaziladi.Treningda talabalik hayoti, yangi muhitga moslashish, universitet xizmatlari va zarur holatlarda qayerga murojaat qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar beriladi.🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | 🌐LinkedInwww.wayu.uz
    683video31Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    17 Aug, 09:16

    Toshkent davlat yuridik universitetida qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda🔗 Batafsil...🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | 🌐LinkedInwww.wayu.uz
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
    942311Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    15 Aug, 16:09

    🎓🇬🇧 UK’da ta’lim olishni rejalashtiryapsizmi?Buyuk Britaniyaga o‘qishga ketish oldidan sizni maxsus Pre-Departure Eventga taklif qilamiz!📚 UK universitetlari va talabalik hayoti haqida foydali ma’lumotlar: 💡 Talabalarning haqiqiy tajribalari va amaliy tavsiyalari; 🤝 Yangi tanishuvlar va networking imkoniyatlari; ❓ Savol-javob sessiyasi.📅 Sana: 22-avgust, 2026-yil ⏰ Vaqt: 17:00 📍 Manzil: Mustaqillik ko‘chasi, 6 🎟 Kirish: Bepul (ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi)⚠️ Joylar soni cheklangan!Buyuk Britaniyadagi talabalik hayotiga tayyorlanish va kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Ro‘yxatdan o‘ting va safaringizni ishonch bilan boshlang!🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
    98421Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    10 Aug, 06:06

    📚 O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotgan xorijliklar soni 2,2 baravar oshdi2026-yilning dastlabki 6 oyida 21 mingdan ortiq chet el fuqarosi ta’lim olish maqsadida O‘zbekistonga keldi. Eng ko‘p talabalar Turkmaniston, Hindiston va Tojikistondan tashrif buyurgan.🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | 🌐LinkedInwww.wayu.uz
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    3 Aug, 13:28

    Koreyaga yangi o‘quvchimisiz?Yangi mamlakat, yangi muhit va yangi universitetga moslashish har doim ham oson emas. Koreyaga endigina kelgan talabalarni ko‘plab savollar qiynashi tabiiy: ✅ ARC karta olish ✅ SIM-karta rasmiylashtirish ✅ Bank hisobini ochish ✅ Universitet registratsiyasi ✅ Transport tizimidan foydalanish ✅ Talabalik hayotiga moslashishShu maqsadda WAYU STUDENTS Mentorlik loyihasi yo‘lga qo‘yildi! Ushbu loyiha orqali siz Koreyadagi talabalik hayoti bo‘yicha kerakli ma’lumotlar, amaliy tavsiyalar va mentorlar ko‘magiga ega bo‘lasiz.👩‍🏫 Mentorlar: WAYU jamoasi 🌟 Loyiha asoschilari: Zarina va Gulnoza📧 Email: wayustudents@gmail.comWAYU STUDENTS — Koreyadagi talabalik yo‘lingizdagi ishonchli hamrohingiz!
    856video32Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    30 Jul, 09:49

    O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | 🌐LinkedInwww.wayu.uz
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
    1,27021Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    28 Jul, 11:20edited

    NNT vakillari uchun loyiha ishlab chiqish va grant yozish bo‘yicha o‘quv-trening davom etmoqdaTrening doirasida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Yulliyeva ishtirokchilarga grant mablag‘larini jalb etish, loyihalarni samarali ishlab chiqish hamda tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajribasi va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | 🌐LinkedInwww.wayu.uz
    800video6Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    23 Jul, 23:23

    Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident!Sizning uzoqni ko‘zlagan siyosatingiz va tashabbuslaringiz tufayli O‘zbekiston yoshlari uchun ilm olish, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, o‘z salohiyatini namoyon etish hamda Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.Bugun minglab yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida o‘z orzularini ro‘yobga chiqarib, ilm-fan, innovatsiyalar, tadbirkorlik va jamoatchilik sohalarida yuksak natijalarga erishmoqda. Bu esa Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagiga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlamoqda.Yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rligingiz, bizga bildirayotgan ishonchingiz hamda yaratib berayotgan beqiyos imkoniyatlaringiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
    784video552Open in Telegram
  • O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

    23 Jul, 11:57

    TDSHUda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va «USTravel Uzbekistan» vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi🤝 Tomonlar talabalar uchun xorijda amaliyot o‘tash, Work and Travel dasturlarida ishtirok etish hamda xalqaro ta’lim va ish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.✈️ Uchrashuv yakunida hamkorlikni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling - @wayuuz🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | 🌐LinkedInwww.wayu.uz
    Image from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiImage from a post by O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
    68421Open in Telegram