gram news
WikiStipendiya channel avatar

WikiStipendiya

@wikistipendiya

"WikiStipendiya" loyihasining rasmiy Telegram kanali Rasmiy bot: @WikiMarafon_aloqa_bot

ProjectsUZEducation

3,290subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • WikiStipendiya

    17 Sept, 11:33

    forwarded from @mutolaaxona

    😊 5 kun o‘zingiz xohlagan kitobni eng kamida 5 daqiqadan o‘qing — iPhone 17 Pro Max yutib oling!• “Mutolaa” loyihasi doirasida “Omadli mutolaa” tanlovga start beramiz. Unga ko‘ra, siz o‘zingiz xohlagan kitobni ilovamiz orqali 5 kun ketma-ket kamida 5 daqiqa o‘qing va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz.🔥 Mana shu shartni bajargan kitobxonlar orasidan 1 kishiga 25-sentyabr kuni iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!✅ Sharti: 25-sentyabrgacha 5 kun davomida kamida 5 daqiqadan xohlagan kitobingizni o‘qishingiz kerak, bo’ldi. 25-sentyabr kuni jonli efir qilib, random orqali iPhone 17 Pro Max egasini aniqlaymiz.Mutolaa ilovasini yuklab oling
  • WikiStipendiya

    30 Jul, 19:42

    forwarded from @wikimarafon

    WikiMarafonda mehmon👨‍💻 Bugun tatarcha Vikipediya faoli, 2017-yilning "Yil vikimediyachisi" unvoni sohibi Farhad Fatkullin Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurib, bir qator loyihalar faoliyati bilan tanishdi.😇 Tashrif davomida WikiMarafon loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Farhad Fatkullin bilan loyihaning rivoji, erishilgan natijalar va o‘zbekcha Vikipediyadagi o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashildi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
    1,24032Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    16 Jul, 07:12

    forwarded from @yoshlaragentligi

    O‘zbekcha Vikipediyada bayram!😇 Tilimizning nufuzini ko‘tarayotgan “WikiMarafon” loyihasi sabab o‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 350 mingdan oshdi. Tahrirlar soni 6.2 milliondan ortgan, Vikipediyamizda bir yillik ko‘rishlar soni esa 300 millionni tashkil qilyapti.🌎 O‘zbekcha Vikipediya turkiy tillar oilasida 3-o‘rinni, Markaziy Osiyo Vikipediyalari orasida esa birinchilikda turibdi. Loyiha davom etar ekan, o‘zbek tilining jahon ijtimoiy tarmog‘idagi o‘rni mustahkamlanib boraveradi!#tilimiz_uchun🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
    1,36084Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    7 Apr, 14:58

    forwarded from @wikimarafon

    Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlanibdi!📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.📚 Barchasi oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.📚Test savollari "1000KITOB" loyihasida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalardan tuzilgan. Mazkur maqolalarni ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!Batafsil — WikiKitob
    2,47051Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    16 Mar, 15:26

    forwarded from @wikimarafon

    Oromgohda bizga hamroh bo‘ling🔈 Diqqat, bu xabar siz uchun! Martning so‘nggi haftasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida "WikiMarafon" loyihasi doirasida "WikiSfera" oromgohi bo‘lib o‘tadi.➡️ Unda siz ham ishtirok eta olasiz! Buning uchun 16-19-mart kunlari oralig‘ida @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tib, u yerda beriladigan savollarga javob yo‘llashingiz kerak.➡️ Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:— Shaxsiy noutbukka ega bo‘lish; — O‘zbekcha Vikipediyaga maqola kiritish va tahrirlash ishtiyoqida bo‘lish; — Va albatta, yaxshi kayfiyat ;)➡️ Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?— Tog‘ bag‘rida olti kunlik dam; — Yangi bilim va ko‘nikmalar; — Sertifikat hamda esdalik sovg‘alari; — Qimmatbaho tuhfalar va turli mukofotlar...
    2,3504332Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    14 Mar, 09:16

    Valar Morghulis? Valar Dohaeris!🏕️ Tasavvur qiling: tog‘ bag‘rida tun, soy bo‘yida sokin shovqin, gulxan alangasi atrofida yig‘ilgan do‘stlar. Va shu manzara ichida "Taxtlar o‘yini" serialining epik kayfiyati.⚔️ Agar rostini aytsam, men bunday imkoniyatni aslo qo‘ldan chiqarmas edim. Oromgoh qachon o‘tkazilishi va ishtirokchilar qanday saralanishi haqida tez orada ma’lum qilamiz.🐉 Shu sabab faollikni oshirib, bizning sahifalarimizni diqqat bilan kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz ;)Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
    1,580522111Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    13 Feb, 08:36

    forwarded from @wikimarafon

    👀 Test javoblarini qayerdan topsa bo‘ladi?Tanlovda beriladigan 40 ta test savoli o‘zbekcha VIkipediyadagi korrupsiyaga qarshi kurashishga doir maqolalar asosida tuzilgan.✅ Sizga qulay bo‘lishi uchun mazkur maqolalarni loyihamizning WikiMarafon.uz saytida bir yerga yig‘ib chiqdik.Havola orqali maqolalarni o‘qib, bilimlaringizni mustahkamlashingiz mumkin. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
  • WikiStipendiya

    11 Feb, 14:23

    forwarded from @yoshlaragentligi

    ⚡️CEFR yoki Milliy sertifikat imtihonini bepul topshirish imkoniyati!Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11–21-fevral kunlari “WikiAntiKorrupsiya” onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi.Ishtirok etish shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, do‘stlaringizni taklif qilasiz va Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi 40 ta test savoliga javob berasiz.🤩Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 30 nafar g‘olibning Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.Tashkilotchilar: Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.Bilimingizni sinang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!🕊Telegram 📱Instagram
    1,4805111Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    10 Feb, 12:57

    forwarded from @wikimarafon

    Milliy sertifikat imtihonini tekinga topshiring!🎉 Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Yoshlar ishlari agentliklari hamkorligida yangi loyiha — "WikiAntiKorrupsiya" tanlovini e’lon qiladi.🎁 Siz ham loyihada ishtirok etib, Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonini bepul topshirish imkonini beruvchi 30 ta vaucherdan biriga ega chiqishingiz mumkin.✅ Tanlov test shaklida bo‘lib, uning qachon, qanday tartibda bo‘lishi tez orada e’lon qilinadi. Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun, sahifalarimizni kuzatib boring!Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
    1,260421Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    10 Feb, 05:32edited

    #viki_uchrashuv #workshop 🤍Vikipediya 25 yoshda! 🎉✨Bu bayramni biz bilan birga nishonlashni istaysizmi?⚡️Xabaringiz bor bu yil Vikipediyaning tashkil topganiga 25 yil to‘ldi! 2001-yil 15-yanvar kuni butun dunyo bo‘yicha eng katta va eng ko‘p ma'lumotlar manbai hisoblangan, ko‘p tilli, ochiq, onlayn ensiklopediya - Vikipediya tashkil topdi.❄️Vikipediyaning chorak asrlik yubileyini biz bilan nishonlashni xohlasangiz 14-fevral kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sizni kutib qolamiz!Uchrashuvda sizni nimalar kutishi bilan qiziqyapsizmi?💻 Vikipediyaning yubiley yoshi uchun kichik workshop 😉 Do‘stlar davrasi va iliq muhit
    1,78061Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    9 Feb, 11:58

    forwarded from @wikimarafon

    Bizda bugun bayram...🎉 "WikiMarafon" loyihasi doirasida o‘tkazilgan "WikiIELTS" tanlovida g‘olib bo‘lgan ikki ishtirokchimiz IELTS imtihonini tekinga topshirib, yuqori natijalarni egalladi.🎁 Mustafo Abdumalikov hamda Sarvinoz Jamoatovalar ingliz tilini bilish darajasini belgilab beruvchi IELTS imtihonidan umumiy 7,0 ball bilan C1 darajani qayd etdi.🎈 Albatta, bu boshlanishi. Hali oldinda bizni ko‘plab katta yangiliklar kutyapti... Bizni diqqat bilan kuzatib boring (ayniqsa, bugun)!Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
  • WikiStipendiya

    31 Dec 2025, 14:11

    forwarded from @wikimarafon

    Aziz va qadrli yurtdoshlar!🎉"WikiMarafon" loyihasi jamoasi nomidan sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etamiz!🎈Yangi yil qalblaringizga iliqlik, xonadonlaringizga fayz-baraka, hayotingizga esa yangi ilhom va quvonch olib kelsin.🎁O‘zbek tilidagi bilimlar xazinasi yanada boyib, Vikipediyamizdagi sahifalar orqali odamlarning zakovati va ma’rifati yanada oshsin.🫰Bilim ulashayotgan, bir satr bo‘lsa-da foydali ma’lumot qoldirayotgan har bir yurtdoshimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.🎄Keling, yangi yilda ham birgalikda bilim nurini yoyib, kelajak avlod uchun mustahkam ma’rifat poydevorini barpo etaylik.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
    1,71021Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    21 Dec 2025, 12:43

    forwarded from @wikimarafon

    Aziz va qadrli, O‘zbekcha Vikipediya!Bugun sen 22 yoshga to‘lding. Bu shunchaki raqam emas, balki o‘zbek tilida bilim, tafakkur va ma’rifat urug‘lari qad ko‘targan 22 yillik sabr, fidoyilik va ishonch tarixidir.2003-yilda kichik bir sahifadan boshlangan yo‘ling bugun yuz minglab maqolalar, fidoyi muharrirlar va millionlab o‘quvchilar mehnati bilan butun bir bilim olamiga aylandi.Sen ko‘plar uchun ilk manba, izlanishga undovchi maydon, ona tilida o‘rganish imkonini bergan bebaho xazinasan. Har bir tahrir, har bir yangi maqola ortida ilmga sadoqat va kelajakka ishonch mujassam.22 yoshing muborak bo‘lsin! Sen yashar ekansan, o‘zbek tili yashaydi, bilim yashaydi. Oldinda seni yanada yorqin sahifalar, keng ufqlar kutmoqda. Hurmat va minnatdorlik bilan, "WikiMarafon" jamoasi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
    1,58063Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    18 Dec 2025, 11:58

    forwarded from @wikimarafon

    "Yoshlar oromgohi"dan gapiramiz...⚡️14–18-dekabr kunlari "Yoshlar oromgohi"da Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari uchun bir qator o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.⚡️Unda yoshlar bilan ishlash jarayonida mavjud muammolarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni joriy etish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.⚡️Shuningdek, tadbir davomida agentlikdagi loyihalarning qisqacha hisoboti tinglanib, ularning qamrovini oshirish, chekka hududlargacha yetib borishini ta’minlash vazifasi belgilandi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
  • WikiStipendiya

    8 Dec 2025, 05:54

    forwarded from @wikimarafon

    8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!🇺🇿Bugun yurtimiz hayotida muhim sanalardan biri — Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun.🇺🇿Asosiy Qomusimiz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va kelajagimizni belgilab beruvchi eng muhim hujjatdir.🇺🇿Konstitutsiya jamiyatda tinchlik, barqarorlik va adolatni ta’minlashda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.📌Ushbu qutlug‘ kunda barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz!Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
  • WikiStipendiya

    4 Dec 2025, 05:02

    forwarded from @wikimarafon

    4-dekabr — Xalqaro banklar kuni!🏦 Bu sana bank tizimining jahon iqtisodiy barqarorligi hamda moliyaviy holatini yaxshilashdagi ahamiyatini oshirish maqsadiga belgilangan.✍️ Vikipediyaga ko‘ra, mazkur sana 2019-yil 9-dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada ko‘rsatib o‘tilgan.📌 Bugun BMTga a’zo davlatlarning turli tashkilotlarida banklarning barqaror rivojlanishni ta’minlashga doir tadbirlar bo‘lib o‘tadi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
  • WikiStipendiya

    1 Dec 2025, 08:26

    forwarded from @wikimarafon

    1-dekabr — Qaraqalpaq tili kúni🕊 1989-jıl 1-dekabr — Qaraqalpaqstan tariyxında altın háripler menen jazılǵan sánelerdiń biri. Áyne usı kún Qaraqalpaq tiline til biyligi berilgen edi.✍️ Qádirli tuwısqan qaraqalpaq xalqımız, Sizlerdi Qaraqalpaq tiliniń mámleketlik til biyligine iye bolǵanlıǵına 36 jıl tolıwı múnásibeti menen shın júrekten qutlıqlaymız!📌 Tillerimiz, mádeniyatımız hám doslıǵımız máńgilik bolsın. Birgelikte rawajlanıp, bir-birimizdi qádirleyik. Eki xalıqtıń awızbirshiligine kóz tiymesin!Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
    1,32043Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    26 Nov 2025, 13:52

    forwarded from @wikimarafon

    🔔Eshitdingizmi? Javohir Sindarov Jahon kubogi chempioni bo‘ldi!⚡️O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Jahon kubogi finalida raqibini mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. Musobaqa g‘olibi bo‘lgan 19 yoshli Sindarov turnir tarixidagi eng yosh chempion bo‘ldi.🌐O‘zbekcha Vikipediyaga ko‘ra, u 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan musobaqaning dastlabki o‘yinlarida raqibi bilan teng natijani qayd etgan, tay-breyk bahsida esa peshqadamlikni qo‘lga olib, g‘alabaga erishgan.✨Zabt etilgan yana bir marra muborak, Chempion!Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
    1,42066331Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    20 Nov 2025, 16:09

    forwarded from @wikimarafon

    Meksika adabiyoti haqida nimalarni bilasiz?🇲🇽 Meksika badiiyati — ispan tilidagi eng sermahsul va ta’sirli adabiyotlardan biri bo‘lib, u dunyo reytingida Ispaniya va Argentina adabiyotlari bilan bir qatorda turadi.✍️ Mashhur shoir va yozuvchilar — Oktavio Paz, Alfonso Reyes, Karlos Fuentes, Sergio Pitol, Josye Emilio Pacheko kabi ijodkorlar Meksika adabiyotining asosiy ustunlaridir.🏛 Ularning asarlari Meksikaning boy tarixiy tajribasi, madaniy xilma-xilligi va ijtimoiy o‘zgarishlarini chuqur ifoda etib, jahon adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.📌 Meksika adabiyotiga doir bundan-da qiziq ma’lumotlarni o‘zbekcha Vikipediyadagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin. Zavqli mutolaa tilaymiz!Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
    1,36041Open in Telegram
  • WikiStipendiya

    18 Nov 2025, 11:44

    forwarded from @wikimarafon

    Bir Vatan, bir el, bir bayroq!🇺🇿 Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.🎉Sana munosabati bilan hamyurtlarimizni qutlab qolamiz. Bayrog‘imiz hamisha osmonimiz uzra hilpirab tursin!📌O‘zbekcha Vikipediyadagi "O‘zbekiston bayrog‘i" nomli maqola orqali uning tarixi, tarif-u tasnifi bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin :)Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X