Latest posts

Milliy va xalqaro sertifikat
20 Sept, 06:55
forwarded from @pkauzedu
#Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi😀😀😀 😀😀Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot
Milliy va xalqaro sertifikat
20 Sept, 04:10
forwarded from @xushnudbek
❗️DXX: Xalqaro SAT sertifikatini noqonuniy olish sxemasi fosh etildiTezkor tadbirda fuqarolarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda foydalaniladigan xalqaro SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.Guruhning aksariyat a’zolari Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkentdagi filiali talabalari bo‘lgan. Ular Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida “bunker” tashkil qilgan. IT mutaxassisi yashirin ravishda tizimga kirib, talabgorlar o‘rniga test savollarini masofadan turib yechish imkonini yaratgan.Guruh a’zosi 5 nafar fuqaroning har biridan 1,5 ming AQSh dollaridan talab qilgan. Ulardan birining puli kriptohamyon orqali olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.👉 @xushnudbek 👈
Milliy va xalqaro sertifikat
18 Sept, 09:49
forwarded from @huquqshunos_xizmati
📸📸 Меҳнат дафтарчаси ва электрон меҳнат дафтарчасининг фарқи нимада?🔔 Бугунги кунда иш стажларингизни тасдиқловчи асосий ҳужжатлардан бири бу – меҳнат дафтарчаси ҳисобланади. Бугунги кунда у электрон шаклда юритилмоқда.📱 Мазкур видеороликда сиз:▫️меҳнат дафтарчасини рақамлаштириш зарурияти;▫️электрон меҳнат дафтарчасини тўғри юритиш;▫️келажакдаги пенсиянгиз учун нималарга эътибор бериш кераклигини билиб оласиз.🔝 Савол юбориш учун:@Huquqshunos_xizmati_bot @Huquqshunos_xizmati_bot🔝 Каналга уланиш учун:
Milliy va xalqaro sertifikat
8 Sept, 08:50
forwarded from @uzedu
‼️‼️‼️🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga
Milliy va xalqaro sertifikat
8 Sept, 08:16
forwarded from @ilmiymarkazuz
📢 BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA!Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi test topshiriqlari hamda tashkiliy jarayonini aprobatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.📅 Sana: 2026-yil 9-sentyabr ⏰ Vaqti: 14:00 👩🏫 Kimlar ishtirok etishi mumkin: Faqat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari.📝 RO‘YXATDAN O‘TISH: 🔗 registration.ilmiymarkaz.uz ⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 8-sentyabr, soat 23:00 gacha.⚠️ MUHIM! Aprobatsiyada ishtirok etish uchun joylar soni cheklangan. Shu sababli ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin.📌 Eslatma: Aprobatsiya sinovida ishtirok etish natijasida sertifikat yoki ma’lumotnoma taqdim etilmaydi.☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68
Milliy va xalqaro sertifikat
28 Aug, 11:52
forwarded from @uzedu
#milliy_sertifikat #yangilikBOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM YANGILIK!✅ 2026-yil 29-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 411-son qarori bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun yangi sertifikat tizimi joriy etildi.📌2026/2027-o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahorati to‘g‘risida” sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin.🎓 Sertifikat darajalari: A+ | A | B+ | B | C+ | C⏳ Sertifikatning amal qilish muddati — 3 yil.✍️Boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi va boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega pedagoglar B+, A yoki A+ darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritsa, sertifikat amal qilgan davr mobaynida lavozim maoshiga har oy 15% qo‘shimcha ustama oladi.📝 Imtihonda nimalar baholanadi? Talabgorlarning:
Milliy va xalqaro sertifikat
30 Jul, 08:52
forwarded from @uzedu
#sohaga_doir_hujjatlar📣 Yangi oʻquv yilidan boshlab tegishli sertifikatga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 15 foiz ustama toʻlanadi✅ Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish;➖ huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish;➖ xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi joriy etiladi.➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka
Milliy va xalqaro sertifikat
24 Jul, 05:30
forwarded from @uzedu
⭕️⭕️⭕️📣 Navbatdan tashqari attestatsiya va kasbiy sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 50 foizga tushirildi✔️ Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy hamda kasbiy sertifikatlash sinovlarida birinchi marta ishtirok etish bepul!🔤Ma’lumki, navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaat yuborishda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirilar edi.✨ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan, endilikda pedagoglarga ushbu yig'im bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida etib belgilandi!🔹 Pedagoglar
Milliy va xalqaro sertifikat
24 Jul, 01:44
forwarded from @ezozagafurjanovna
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, hurmatli Prezident!✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook1,410Open in Telegram
Milliy va xalqaro sertifikat
20 Jul, 14:02
forwarded from @hilola_umarova
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining magistraturasida masofadan o‘qishi mumkin.Mutaxassisliklar quyidagicha:• Pedagogika nazariyasi va tarixi;• Pedagogika;• Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim);• Oʻzbek tili va adabiyoti;• Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish (huquq ta'limi);• Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix);• Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika);• Ta’limda axborot texnologiyalari;
Milliy va xalqaro sertifikat
19 Jul, 13:00
forwarded from @ezozagafurjanovna
Qizlarimizning ilm-fandagi muvaffaqiyati — millatimiz yutug‘idir!Yurtimizda yuqori saviyada o‘tkazilgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO — 2026) yoshlarimiz, ayniqsa, qizlarimiz erishayotgan tarixiy yutuqlar hech birimizni befarq qoldirmaydi.Olimpiadaning eng yuqori cho‘qqisini zabt etib, oltin medalni qo'lga kiritgan qizimiz — Rayhona To’ymurodovaning muvaffaqiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tishni istardim. 2008-yilda Buxoroda tavallud topgan iqtidorli qizimiz poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinfida tahsil oladi. U o‘zining bugungi yuksak natijasi bilan buyuk bobokalonimiz Ibn Sinoning munosib izdoshi ekanligini, tomirlarida buyuk allomalar qoni oqayotganini butun dunyoga isbotladi!Bilasizmi, bu ulkan g‘alaba tasodif emas. Uning ortida tinimsiz izlanish, uyqusiz tunlar yotibdi. Rayhona o‘zining tinimsiz mehnati bilan bugungi
Milliy va xalqaro sertifikat
3 Jul, 12:27
forwarded from @hilola_umarova
Magistraturada oʻqish istagida boʻlgan oʻqituvchilarimiz uchun muhim yangilik!Endilikda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilari pedagogika sohasida magistraturaga maqsadli qabul qilinadi.Ahamiyatlisi, oʻqish jarayonlari ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi. Pedagoglar maqsadli magistraturani tugatgandan keyin uch yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi.2026-2027-oʻquv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida oliy toifali oʻqituvchilarni maqsadli magistraturada oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.Maqsadli magistratura uchun qabul tartibi, jarayonlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tanishib chiqing.Qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika
Milliy va xalqaro sertifikat
3 Jul, 12:08
Joriy yil oktyabr oyida biz Markaziy Osiyoda jonlantirmoqdamiz.Kollej Kengashi birinchi marta Markaziy Osiyoda mintaqaviy forumlarga mezbonlik qilmoqda.Massachusets Texnologiya Instituti, Prinston Universiteti, Michigan Universiteti, Toronto Universiteti, Dubaydagi Amerika Universiteti va boshqa ko'plab universitetlardan ma'ruzachilar ishtirokida; kollejga tayyorgarlik va rivojlanayotgan global ta'lim manzarasi haqida fikrlar bilan o'rtoqlashadi.Quyidagilardan birida bizga qo'shiling:Ro'yxatdan o'tish:O'zbekiston forumi — Toshkent, 12-oktabrQozog'iston forumi — Ostona, 14-oktabrGlobal standartdagi baholashlar mintaqadagi talabalar uchun qanday eshiklarni ochishi mumkinligini o'rganish uchun o'qituvchilar, maslahatchilar va universitet rahbarlarini birlashtiramiz. Ushbu forumlar Markaziy Osiyoda ta'lim uchun hal qiluvchi lahzani belgilaydi va biz sizni keyingi bosqichni
Milliy va xalqaro sertifikat
20 Jun, 07:26
forwarded from @mymaktab_uz
📇 Hurmatli foydalanuvchilar!Sizlarga shuni ma’lum qilamizki, endilikda my.maktab.uz tizimiga OneID orqali kirish va ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati joriy etildi.OneID orqali tizimga kirish uchun faqat login va parolingizni kiritishingiz yetarli. Tizimga OneID orqali kirilganda, ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari avtomatik tarzda to‘ldiriladi. Ariza yuborish jarayonida esa farzandingiz ma’lumotlarini kiritib, kerakli xizmatni tanlashingiz kifoya.❗️ Qo'shimcha savollar bo'yicha @mymaktabuz_bot ga murojaat qiling.🌐 my.maktab.uz — maktabga qabul va ta’lim xizmatlarini onlayn boshqarish tizimi.#OneID #kirish #royhatdanotish
Milliy va xalqaro sertifikat
13 Jun, 17:53
forwarded from @z_amirqulov
#xushxabarEndi kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan abituriyentlar ikkinchi marta yana shu taʼlim bosqichiga hujjat topshirganda davlat grantiga da’vogar bo‘lishi mumkin!Avval amaldagi tartibga ko‘ra, oliy ta’lim muassasasiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talaba qayta bakalavr bosqichiga 1-kursdan o‘qish uchun hujjat topshirganda davlat grantiga da’vogarlik qila olmas edi.Bu cheklov Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan edi.📌 Endi esa Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan ushbu normaga o‘zgartirish kiritildi.Nima o‘zgardi? VM-578-son qarori 48-bandining ikkinchi xatboshisidan “... yok to‘lov-kontrakt” so‘zlari chiqarib tashlanmoqda.Natijada hozirda kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba ham qayta 1-kursdan bakalavr uchun abituriyent
Milliy va xalqaro sertifikat
8 Jun, 23:40
forwarded from @sardorraximboev
Bitiruvchi sifati indeksi joriy etiladiBugun Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan ta’lim tizimini rivojlantirishga oid taqdimotda oliygohlari faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy mexanizmi — Bitiruvchilar sifat indeksini joriy etish bo‘yicha muhim qarorlar belgilab olindi.Endilikda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashning yangi mexanizmi — Bitiruvchilar sifat indeksi joriy etilmoqda.Mazkur indeks nafaqat bitiruvchilarning ishga joylashganligini, balki ularning mehnat bozoridagi muvaffaqiyati va kasbiy faoliyati sifatini ham baholash imkonini beradi.Indeks quyidagi asosiy mezonlar asosida shakllantiriladi:➖ ishga joylashish tezligi; ➖ barqaror mehnat faoliyati; ➖ o‘rtacha daromad; ➖ umumiy bandlik darajasi.Indeks inson omilisiz 10 ta davlat axborot tizimi (HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boshqalar) bilan
Milliy va xalqaro sertifikat
4 Jun, 07:24
forwarded from @z_amirqulov
❗️Endi texnikum pedagoglari maxsus fanlarni xorijiy tilda o‘qitganligi uchun 100 foizgacha ustama olishi mumkinAdliya vazirligi Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:➖ endilikda ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1–6 ballik tizim bo‘yicha belgilanadi;➖ bakalavriatning fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;➖ pedagog xodimlarga ustama to‘lashda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qilish muddati hisobga olinadi;➖
Milliy va xalqaro sertifikat
4 Jun, 07:22
Astrum Certified IT Educator milliy sertifikati 2026-yil 3-iyun sanasidan keyin olingan taqdirda, ushbu sertifikat uchun ustama toʻlanmasligi belgilandi8,039Open in Telegram
Milliy va xalqaro sertifikat
4 Jun, 07:05
SAT sertifikati uchun belgilangan minimal ball o‘zgarmoqdaXalqaro Digital Scholastic Assessment Test (Digital SAT) sertifikati uchun har oylik ustama olishda sertifikatning eng kam ball ko‘rsatkichi 700 balldan 750 ballga oshirildi.Mazkur o‘zgarish 2026-yil 3-iyundan keyin olingan SAT sertifikatlariga nisbatan tatbiq etiladi.Ushbu sanagacha olingan sertifikatlar uchun eng kam ball ko‘rsatkichi 700 ball etib belgilangan.
Milliy va xalqaro sertifikat
4 Jun, 06:59
Xalqaro TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlariga oʻzgarish kiritildi.Ingliz tili boʻyicha xalqaro Test of English as a Foreign Language — TOEFL iBT sertifikati natijalari 120 ballik baholash tizimidan 6 ballik baholash tizimiga oʻzgartirildi.Ushbu oʻzgarish sertifikat beruvchi vakolatli tashkilot tomonidan 2025-yil 21-yanvar sanasida oʻzgartirilgan.3,630Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
