Latest posts

ХAVFSIZLIK
19 Oct, 01:58
🇩🇯Qibrayda giyohvandlik vositasi va pnevmatik qurol aniqlandi❗️Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi, 1986 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydoni chetida joylashgan ikkita konteyner xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.Natijada, konteynerlardan quruq holatda saqlanayotgan jami 7 kg “marixuana” giyohvandlik vositasi, IJ-38 rusumli pnevmatik qurol va 12 mm kalibrli 3 dona patron ashyoviy dalil sifatida olindi.Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
ХAVFSIZLIK
17 Oct, 08:51edited
🛑 Namanganda yashirin dori omborlari fosh etildi⚠️ Aholi salomatligini muhofaza qilish va kontrafakt dori vositalari savdosiga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona hamda Ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi, 2002, 1997 va 1987-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirgan holda, 5 ta xonadonda yashirin omborlar tashkil etib, tegishli sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan katta miqdordagi dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlandi.Natijada, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan 287 turdagi, jami 46 865 dona, jumladan, “Erinit”, “Gemaza”, “Fenotropil” kabi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.Ularning dastlabki taxminiy qiymati 5,2 mlrd so‘mga teng.Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan sudga oid kimyoviy, tovarshunoslik ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
ХAVFSIZLIK
16 Oct, 08:48
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish bo‘lishi kerak. Bu nizolarning oldini olish va o‘zaro maqbul qarorlarni topish imkonini beradi". ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
ХAVFSIZLIK
15 Oct, 12:32
#Tezkor ☄️ Toshkent viloyatida qonunbuzilish holati aniqlandi❗️ Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga qurilish texnologiyalari va kompozit eshiklar ishlab chiqarish sanoat majumasi tashkil etishi uchun tuman hokimligi balansida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini davlat aktivlarini boshqarish tizimidagi tanishlari orqali auktsion savdolarga chiqarib, olib berish evaziga 25 ming AQSH dollari talab qilgan.🇺🇿 Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.⚖️ Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “g” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
ХAVFSIZLIK
15 Oct, 10:58
🛑 Qo‘shni davlatdan kelgan narkosavdogarlar ushlandi ⚠️ Giyohvandlik — bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, aholi salomatligi va yosh avlod kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan global muammolardan biri. U insonning jismoniy va ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, oilalar tinchligiga putur yetkazib, jinoyatchilikning ortishiga va ijtimoiy barqarorlikning buzilishiga sabab bo‘ladi.Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi narkotik modda savdosiga chek qo‘yildi. 📌 Jumladan, 1972 va 1976-yillarda tug‘ilgan 2 nafar qo‘shni davlat fuqarosi sof og‘irligi 2 kg 18 gr bo‘lgan “opiy” moddasini aylanma yo‘llar orqali mamlakatimiz hududiga olib kirib, Toshkent viloyatida shartli xaridorga 20 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalilllar bilan ushlandi. 💬 Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube


ХAVFSIZLIK
15 Oct, 01:58
🔓 Noqonuniy GSM-shlyuz qurilmalaridan foydalanib, soxta Call-markaz tashkil qilgan jinoiy guruh fosh etildi 🚫 Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida noqonuniy GSM-shlyuz qurilmalaridan foydalanib, soxta Call-markaz tashkil qilgan hamda firibgarlik orqali o‘zlashtirilgan pul mablag‘larini kripto-aktiv ko‘rinishida chet elga chiqarish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi, 1989–2005-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 5 nafar shaxs Mirobod tumanidagi noturar binoni ijraga olib, soxta Call-markaz tashkil etishgan.Guruh bilan aloqador bo‘lgan, 1989 y.t. fuqaro esa o‘zganing yashash xonadonini ijaraga olib, Call-markaz faoliyatida foydalanish maqsadida ushbu manzilga GSM-shlyuz qurilmasini o‘rnatgan.Toshkent viloyatida yashovchi, 1979 y.t., muqaddam sudlangan shaxs rahbarlik qilgan jinoiy guruh a’zolari orasida nufuzli banklardan birining bosh ofisi kiberxavfsizlik bo‘limi ishchisi ham bo‘lgan.Guruh a’zolari turli banklar nomidan fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, go‘yoki ularning nomiga firibgarlar tomonidan kredit olishga urinish bo‘layotganligini aytib, aldov yo‘li bilan jabrlanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali, ularning bank kartalaridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishgan hamda nomlariga onlayn kreditlar rasmiylashtirishgan. 💸 Natijada jinoiy yo‘l bilan topilgan jami 8 mln AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘alarini kriptovalyuta ko‘rinishida soxta MCHJ orqali xorijiy davlatga olib chiqib, legallashtirishgan. ❗ Qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov jarayonida ularga aloqador bo‘lgan 10 nafar shaxs aniqlandi. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube


ХAVFSIZLIK
14 Oct, 14:29edited
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube


ХAVFSIZLIK
14 Oct, 09:10
🔥 Samarqandda qalbaki dollar savdosi fosh etildi 🔥 Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Xususan, Toyloq tumanida yashovchi, 1996, 2002 va 2003-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro 100 AQSH dollari nominalidagi qalbaki banknotlardan iborat jami 7400 AQSH dollarini shartli xaridorga 44 mln. so‘mga sotgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.Aniqlanishicha, qonunbuzarlarning 2 nafari muqaddam sudlangan bo‘lib, qalbaki kupyurlar esa Turkiyadan olib kelingan.Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube


ХAVFSIZLIK
21 Sept, 09:59
🔥 Chirchiqda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxslar ushlandi ❗️ DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonni ijaraga olib, giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi.2000 va 2002-yillarda tug‘ilgan mazkur shaxslar “Telegram” messyenjeridagi xorijlik kuratorlari tomonidan kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan “gashish moyi” va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab, “gashish” giyohvandlik vositasini tayyorlashgan.Xonadon ko‘zdan kechirilganda, taxminiy og‘irligi 400 gr bo‘lgan “gashish”, 5 kg yarim tayyor mahsulot, narkotiklarni quritish uchun mo‘ljallangan elektr pech, mikser, qo‘lqoplar, himoya vositalari, tarozi va
ХAVFSIZLIK
20 Sept, 08:41
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
ХAVFSIZLIK
19 Sept, 05:19
🔥 Xalqaro “SAT” sertifikatini noqonuniy olish sxemasi fosh etildi ⚠️ DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda foydalaniladigan matematika va ingliz tili bo‘yicha xalqaro “SAT” sertifikatini noqonuniy tarzda olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.Guruh a’zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari, 1 nafari esa Osiyoning yetakchi davlatlaridan biridagi oliy ta’lim muassasasining poytaxtimizdagi filiali talabasi hisoblanadi. Ular Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida “bunker” tashkil qilishgan.IT sohasiga ixtisoslashgan MCHJ mutaxassisi yashirin tarzda tizimga kirib, test savollarini ishlash imkoniyatini
ХAVFSIZLIK
18 Sept, 10:00
“Ummu Muxammad” taxallusi ostida “Telegram” messenjerida diniy ta’lim niqobida ayollarni “hijrat” qilishga chorlab, xorijdagi ekstremistik va terroristik tashkilotlar safiga yollayotgan Me’rojixon Abobakirova kabilarning aldov qurboniga aylanib qolmang.Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
ХAVFSIZLIK
18 Sept, 04:53
🔥Ohangaronda qurilish bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi 🔹 Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan parrandachilik fabrikasining qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi hisoblangan MCHJ rahbari ushbu obyektning ichki yo‘llarini asfaltlash uchun jalb qilingan boshqa bir MCHJ (yordamchi pudratchi) bilan joriy yilning aprel oyida 3,7 mlrd so‘mlik kelishuv shartnomasi tuzgan.Shartnomada ko‘rsatilgan ishlar amalga oshirilib, bosh pudratchi kelishilgan summadan 2,5 mlrd so‘mni yordamchi pudratchi hisob raqamiga o‘tkazib bergan. Lekin, qolgan 1,2 mlrd so‘mni bermasdan, paysalga solib yurgan.Shuningdek, bosh pudratchi yordamchi pudratchiga ushbu asfaltlashtirish obyektini biriktirib bergani hamda qolgan 1,2 mlrd so‘mni ham to‘lab berish evaziga uning ta’sischisidan jami 83,5 ming AQSH dollari


ХAVFSIZLIK
17 Sept, 12:17
✈️ Antaliya va’dasi ortidagi jinoiy maqsad fosh bo‘ldi➡️Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi, 1990 va 1993-yillarda tug‘ilgan 2 nafar ayol mahalliy 2 nafar qizning ishonchiga kirib, ularni Turkiyaning Antaliya shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborish hamda u yerda topadigan daromadlarining yarimini o‘zlashtirishni reja qilishgan.Shu maqsadda ular qizlarni “Toshkent – Antaliya” yo‘nalishi bo‘yicha xorijga jo‘natish uchun poytaxt aeroportiga olib ketayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Chust tumani hududida to‘xtatib qolindi.🔹 Ta’kidlash lozimki, 1990 y.t. ayol muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.🕵️♂️ Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov


ХAVFSIZLIK
17 Sept, 10:29
🚫 Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi 1️⃣ Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi “Umra” ziyoratiga yuborish huquqiga ega bo‘lmasada, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Saudiya Arabistoniga muborak safarga jo‘natish evaziga 1150 AQSH dollari talab qilgan.Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 2️⃣ Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Guliston tumanida yashovchi, 1988 y.t. shaxs 3 nafar fuqaroni go‘yoki “Umra” ziyoratini tashkil etish vakolatiga ega bo‘lgan Toshkent shahridagi turistik firma orqali Saudiya Arabistoniga ezgu amallarni ado etish uchun yuborish



ХAVFSIZLIK
17 Sept, 07:34
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi alohida strategik sheriklikni keng ko‘lamli loyihalar va ko‘p milliardlik kelishuvlar bilan to‘ldirdi, Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasidagi muloqotni yangi strategik tashabbuslar bilan boyitdi.Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
ХAVFSIZLIK
16 Sept, 05:14
🛑 “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh qilindi1️⃣ Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1984 y.t. shaxs tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, aldov yo‘li bilan poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining tanishlari orqali uni Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 1100 AQSH dollari talab qiladi. Natijada, mazkur shaxs 1 ming AQSH dollari va 1,2 mln so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida DXX, IJQKD va IIV xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 2️⃣Shu kabi noqonuniy holat Farg‘ona viloyatida ham kuzatildi. Jumladan, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma menejeri 2 nafar uchko‘priklik fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga 2200 AQSH dollari



ХAVFSIZLIK
14 Sept, 10:42
Seuldagi “Chong Va De” saroyida Prezidentimizni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
ХAVFSIZLIK
12 Sept, 01:59
🛑 Toshkentda 26 ming dollarlik giyohvandlik vositasi savdosi fosh etildi➡️Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida qo‘shni davlatdan olib kelingan katta miqdordagi narkotik modda Toshkent shahrida musodara qilindi.Xususan, Surxondaryo viloyatining Denov shahrida yashovchi, 1988 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida 1 kg 185 gr “gashish” moddasini shartli xaridorga 26 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 21 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.Shun


ХAVFSIZLIK
11 Sept, 06:59
❌ Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat fosh etildi1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar hamda Bojona boshqarmalari hamkorligida Tuproqqal’a tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Surxondaryo – Xorazm” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirildi.Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Angor tumanida istiqomat qiluvchi, 1960 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun ikki marotaba sudlangan shaxsga tegishli sellofan paketda 490 gr “opiy” moddasi borligi aniqlandi.Ma’lum bo‘lishicha, u qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasini Xorazm viloyatida sotmoqchi bo‘lgan. 2️⃣ Boshqa holatda esa “Toshkent



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
