Latest posts

xpat_uz
1 Aug, 15:21
Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar va hamyurtlar. Germaniya to'g'risida Mirzohid Bobokulov bilan birga ajoyib suhbat qurdik.Kanalda aktivlikni oshirish jarayonidamiz. Hozir ma'lum bur imtihonlar tufayli sali cho'zilayapti.Kutilayotgan yangiliklar: 1.To'liq Germaniya to'g'risidagi Vebsayt 2. Online Viza va boshqa masalalar böyicha Konsalting xizmati(Viza Yo'l xaritasi, Germaniyada mavjud bo'lgan muammolarga yechim) 3. Qolgan Telegram Mini Dasturlarimizni rivojlantirish 4. Nemis tilini o‘rganish uchun Telegram Mini dasturi va ilova.Hardoimkidek sizlarni qo'llab quvvatlab turishlaringiz biz uchun judayam muhim hisoblanadi.E'tibor va ajratgan vaqtingiz uchun minnatdormiz.Suhbat uchun link🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligiYouTubeUshbu videoda Germaniyada ishlayotgan muhandis bilan suhbat qilamiz va quyidagi savollarga javob olamiz: ✅ Blau Karte nima? ✅ Kimlar olishi mumkin? ✅ Qancha maosh kerak? ✅ Muhandis sifatida ish topish qiyinmi? ✅ Oilani Germaniyaga olib kelish mumkinmi? ✅…
xpat_uz
28 Jun, 14:50
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligidagi muhim postlar sizga Germaniyada moslashish jarayonini osonlashtiradi: Haydovchilik guvohnomasi Germaniyada kasallik varaqasi SCHUFA nima uchun muhim? Germaniyada farzand tug‘ilishida davlat tomonidan ko‘mak Ish haqi varaqasi (Lohnabrechnung) Germaniyada xorijga chiqish pasporti yo‘qolsa nimalar qilish kerak? Germaniyada asosiy ta'til kunlaridan tashqari qo'shimcha maxsus ta’til olish Bemor qarindoshni yoki ota-onangizni Germaniyaga qanday chaqirish mumkin? Mehnat shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilish to‘g‘risidagi bitim. Germaniyada jamoat transporti uchun chipta esdan chiqqan bölsa jarimani kamaytirish mumkinmi? Germaniyada Inkasso‘dan xat kelsa. Nemis tilini mustaqil ravishda noldan qanday qilib bepul o‘rganish mumkin 2026-yil holatiga Germaniyada ish qidirish uchun saytlarFoydali Telegram Mini Dasturlari 1.Germaniya Viza Qo'llanmasi
xpat_uz
21 Jun, 11:13
Germaniyada qaysi kasblarga talab bor?Ushbu top-30 kasbning barchasi Fachkraft vizasiga o‘tish uchun juda mos keladi.10 ta kasb (Fachkräfte) 🟢Oliy ma’lumotsiz Germaniyada ishlash uchun eng ommabop mutaxassisliklar ro‘yxati.🟢Parvarishlash kasblari – 2,8; 🟢Yuk mashinasi haydovchilari (yuk tashish) – 2,6; 🟢Tibbiyot mutaxassislari (ixtisosliksiz) – 2,3; 🟢 Avtomobilsozlik sohasidagi kasblar – 2,3; 🟢Oshpazlar (ixtisosliksiz) – 2,2; 🟢Texnik xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari – 2,0; 🟢Qurilish elektr montaji sohasidagi kasblar – 2,5; 🟢Stomatologiya mutaxassislari – 2,8;
xpat_uz
9 Jun, 07:32
2026-yil iyun oyida Germaniyada kutilayotgan o‘zgarishlarIyun oyida xodimlar, xaridorlar, haydovchilar va pensionerlarga ta’sir qiluvchi bir nechta muhim yangilik kuchga kiradi.🟢7-iyundan boshlab Yevropa Ittifoqining ish haqi shaffofligiga oid yangi qoidalari kuchga kiradi. Endi qiyosiy lavozimlar bo‘yicha maoshlar haqida ma’lumot so‘rash va undan ishga joylashishda foydalanish huquqi paydo bo‘ladi. Hozircha bu qoidalar faqat davlat sektoriga nisbatan qo‘llanadi.🟢19-iyundan boshlab Onlayn do‘konlar shartnomani bekor qilish uchun maxsus tugma — “Widerrufsbutton”ni joriy etishi shart bo‘ladi. Bu xaridorlarga yashirin anketalar va kontaktlarni qidirmasdan, onlayn shartnomalardan tezroq va osonroq voz kechish imkonini beradi.🟢Iyun oyi oxirida Yoqilg‘i imtiyozining amal qilish
xpat_uz
4 Jun, 15:28
Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar va O'zbekistonliklar!Oxirgi yangiliklar ni o‘qigansiz degan umidda ushbu muhim postni qoldiraman. Germaniyada bo‘lib turgan va uzoq muddatga kelish niyati bor vatandoshlar! Ko‘rib turibsizlar, noxush xabarlar oxirgi paytlarda ko‘p uchramoqda, sababi o‘ylovsiz qilingan ish, firibgarlik yo‘lini taklif qilayotgan ba’zi bir konsalting firmalar, bloger va " Germaniyaga kecha kelgan tadbirkorlar" ga ishonib qo‘ymanglar! Qing‘ir yo‘l bilan qilingan ish va hujjatlar baribir oxiri voy bo‘ladi. Germaniyada Auslanderbehörde, BAMF, Finanzamt, Zoll, Polizei sekin ishlashi mumkin, lekin agar ushlab olsa oxirigacha boradi va siz shunda qing‘ir yo‘l bilan Germaniyaga kirib kelganingizda yoki soxta hujjat qilganingizda osonlikcha "men bilmagan edim" deb qutulolmaysiz! Hozir har ikkinchi Germaniyaga kelgan vatandoshimiz dokument qilishga ko‘maklashish, odam
xpat_uz
3 Jun, 14:05
Germaniyada ixtiyoriy ishdan bo‘shatilganda ishsizlik nafaqasi (ALG I) olishGermaniyada ishini yo‘qotgan shaxslar yangi ish qidirish davrida davlat tomonidan to‘lanadigan ALG I toifasidagi ishsizlik nafaqasini olish huquqiga ega.Biroq, o‘z xohishiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda ishdan bo‘shatilganda, to‘lovlar 12 haftagacha to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Bunday chora Federal mehnat agentligi ishni mustaqil ravishda rad etishni bandlikni saqlash majburiyatini buzish deb hisoblashi bilan bog‘liq.Shunga qaramay, rasmiy ravishda tan olingan uzrli sabablar mavjud bo‘lib, ular mavjud bo‘lganda blokirovka qo‘llanilmaydi va ALG I to‘lovlari darhol tayinlanadi.Quyida ularning asosiylari keltirilgan:1.Tibbiy ko‘rsatmalarSog‘liq holatiga ko‘ra ishdan bo‘shatish shifokor yoki psixoterapevtning hujjatli tasdig‘i (Attest) mavjud bo‘lganda mumkin. Quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
xpat_uz
2 Jun, 17:30
Vizalarni noqonuniy olishda gumon qilinib, tintuvlar o‘tkazildiRasmiylarga ko‘ra, gumonlanuvchilar guruhi ish qidirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 76 ta qisqa muddatli vizani noqonuniy yo‘llar bilan olganlikda gumonlanmoqda. Shu munosabat bilan erta tongda federal politsiyaning qariyb 220 nafar xodimi Gessendagi Xersfeld-Rotenburg va Verra-Maysner tumanlarida, shuningdek, Quyi Saksoniyadagi Xelmshtedt tumanida yettita obyektda tintuv o‘tkazdi.Tergovga rahbarlik qilayotgan Vayden (Yuqori Pfals) shahri prokuraturasining ma’lum qilishicha, gap xorijliklarni tijoriy maqsadda noqonuniy olib o‘tish, ularning mamlakatda noqonuniy bo‘lishi, vizalarni noqonuniy olish (viza firibgarligi), shuningdek, hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari bo‘yicha gumonlar haqida ketmoqda. Keng ko‘lamli chora-tadbirlarga O‘zbekiston fuqarosining Bavariya chegara punktidan kirib kelganidan ko‘p o‘tmayDIE ZEITDurchsuchungen wegen Verdacht auf erschlichene VisaHier finden Sie Informationen zu dem Thema „Kriminalität“. Lesen Sie jetzt „Durchsuchungen wegen Verdacht auf erschlichene Visa“.
xpat_uz
27 May, 10:50
Assalomu alaykum barcha yurtdoshlar va vatandoshlar. Barchangizni Qurbon hayiti ayyomi bilan chin yurakdan tabriklayman. Quyidagi postda keltirilgan ma'lumotlar sizga foydali bo'ladi degan umiddaman!🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligidagi muhim postlar sizga Germaniyada moslashish jarayonini osonlashtiradi:Haydovchilik guvohnomasi Germaniyada kasallik varaqasi SCHUFA nima uchun muhim? Germaniyada farzand tug‘ilishida davlat tomonidan ko‘mak Ish haqi varaqasi (Lohnabrechnung) Germaniyada xorijga chiqish pasporti yo‘qolsa nimalar qilish kerak? Germaniyada asosiy ta'til kunlaridan tashqari qo'shimcha maxsus ta’til olish Bemor qarindoshni yoki ota-onangizni Germaniyaga qanday chaqirish mumkin? Mehnat shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilish to‘g‘risidagi bitim. Germaniyada jamoat transporti uchun chipta esdan chiqqan bölsa jarimani kamaytirish mumkinmi? Germaniyada Inkasso‘dan
xpat_uz
17 May, 09:56edited
Germaniyada Rundfunkbeitrag to‘lovidagi o‘zgarishlarIlgari radio va televideniye uchun (Rundfunkbeitrag) bo‘yicha muntazam ravishda to‘lov eslatmalari va ozod qilish uchun anketalar yuborilardi.Endi bu tizim o‘zgartirilmoqda: qog‘oz eslatmalar endi muntazam yuborilmaydi.Hozirda barcha ro‘yxatdan o‘tgan ARD to‘lovchilariga kelgusi to‘lov muddatlari ko‘rsatilgan xat yuborilmoqda, shundan so‘ng doimiy bildirishnomalar to‘xtatiladi.O‘zgarishlarning asosiy sababi — resurslarni tejash va qog‘oz xatlarni kamaytirish.To‘lovni o‘tkazib yubormaslik yoki badallardan ozod bo‘lish uchun o‘z vaqtida ariza topshirish maqsadida Rundfunkbeitrag portalida ro‘yxatdan o‘tib, ishingiz holatini mustaqil nazorat qilib borish tavsiya etiladi.Ijtimoiy yordam oluvchilar uchun:Agar siz badallardan ozod bo‘lish huquqiga ega bo‘lsangiz (masalan, Bürgergeld yoki boshqa ijtimoiy yordam olsangiz),
xpat_uz
7 May, 10:49
Germaniyada ijarachilarning huquqlari o'zgarishi kutilmoqda.Germaniya hukumati uy-joy ijarasi bozorini isloh qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Asosiy maqsad — ijarachilarni himoya qilish va shartnoma shartlarini yanada shaffoflashtirishdir.1.Mebel bilan jihozlangan uy-joyIjara haqini hisoblashning yanada qat’iy qoidalari joriy etilmoqda:🟢shartnomada aniq tafsilotlar ko‘rsatiladi: ijarachi mebel uchun aynan qancha to‘laydi 🟢narx mebelning eskiligi va holatiga bog‘liq bo‘ladi 🟢bunday qo‘shimcha to‘lovlarning yuqori chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda 🟢to‘liq jihozlangan xonadonlar uchun “sovuq-kalt” ijara haqining 10 foizigacha bo‘lgan qat’iy ustama to‘loviga ruxsat beriladi2.Qisqa muddatli ijaraVaqtinchalik shartnomalardan foydalanish
xpat_uz
5 May, 13:25
2026-yil may oyida Germaniyada nimalar o‘zgaradi?1.Elektromobillar uchun subsidiyalar 🟢Ariza topshirish uchun onlayn portal ishga tushirilmoqda. Yiliga 80 000 yevrogacha daromadga ega oilalar yangi elektromobillar va gibridlarni sotib olish yoki ijaraga olish uchun 1 500 yevrodan 6 000 yevrogacha mablag‘ olishlari mumkin (birinchi ro‘yxatdan o‘tish 2026-yilda). To‘lov miqdori daromad va bolalar soniga bog‘liq.2.Yonilg‘i narxining pasayishi 🟢1 maydan boshlab hukumat vaqtincha (2 oyga) aksiz soliqlarini pasaytiradi. Benzin va dizel yonilg‘isining har litri taxminan 0,17 yevroga arzonlashishi kutilmoqda.3.Davlat sektorida ish haqining o‘sishi 🟢Davlat xizmatlari va munitsipalitetlar xodimlari uchun ish haqini oshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. 1-maydan to‘lovlar +2,8%ga oshadi.
xpat_uz
27 Apr, 17:24edited
Germaniyada jurnal obunasini qanday bekor qilish mumkinQuyida bosqichma-bosqich yo‘riqnoma:1: Obuna haqidagi ma’lumotlarni topingQuyidagilarni tekshiring: 🟢Jurnal va nashriyot nomi (masalan, „SPIEGEL“, „FOCUS“, „TV Digital“ va h.k.) 🟢Obuna bo‘lish usuli (sayt, pochta yoki „abo-direkt.de“ kabi agentlik orqali) 🟢Bekor qilish shartlari (Fristen zur Kündigung) — odatda tasdiq xatida yoki saytda ko‘rsatilgan bo‘ladi.2: Kündigungsschreiben (bekor qilish xati) yozingQuyida nemischa andoza: [Dein Vor- und Nachname] [Deine Adresse] [PLZ und Ort]An: [Name des Verlags oder Abo-Dienstes]
xpat_uz
26 Apr, 09:04
Germaniyada ishsiz qolish: viza yoki yashash ruxsatnomasi (VNJ) nima bo‘ladi?Germaniyada har kim ishidan ayrilishi mumkin, biroq buning oqibatlari sizning mamlakatda qaysi asosga ko‘ra yashayotganingizga bog‘liq.Quyida maqom turlari bo‘yicha tahlil keltirilgan:Yevropa Ittifoqining Moviy kartasi (Blue Card EU) (§18b Abs. 2 AufenthG)🟢Yuqori malakali mutaxassislar uchun. 🟢Uch oygacha ishsiz qolish mumkin. 🟢O‘z sohangizda yetarli maoshli yangi ish topishingiz kerak. 🟢Agar ulgurmasangiz, Ausländerbeho‘rde kartani bekor qilishga haqli. Muhim: muddat ishdan bo‘shatilgan kundan emas, balki shartnoma yakunlangan sanadan boshlab hisoblanadi.Ishchi viza (§18a, §18b Abs. 1 AufenthG)🟢Germaniyada kasbi tan olingan
xpat_uz
25 Apr, 16:30
2027-yilga mo‘ljallangan katta soliq islohoti konsepsiyasi taqdim etildiCDU/CSU deputatlari (Yannik Buri va Florian Dorn) keng ko‘lamli soliq islohoti konsepsiyasini taqdim etdilar. Maqsad - soliq to‘lovchilarning yukini yiliga 25-30 milliard yevroga kamaytirish. Loyiha SPD bilan koalitsiyada muzokaralar uchun asos bo‘ladi.Asosiy o‘zgarishlar:Soliq solinmaydigan minimum: Minimal 1000 yevroga ko‘payish (hozir 12 348 yevro)Spitzensteuersatz (maksimal stavka 42%): 85 000 yevrodan (hozirda taxminan 70 000 yevrodan) yuqori daromad uchun qo‘llaniladi. Bu malakali ishchilarni "boylar" toifasiga muddatidan oldin tushib qolishdan himoya qiladi.Ilgari 70 000 yevro soliqqa tortiladigan daromad bilan eng yuqori soliq toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchi kelajakda yiliga deyarli 1400 yevro kamroq soliq to‘laydi (rasmga qarang).Solidaritätsteuer (birdamlik solig‘i): Hamma uchun to‘liq
xpat_uz
18 Apr, 15:14
Germaniyadagi ish beruvchini qanday tekshirish va tanlovda adashmaslik mumkin?Kutilmagan noxushliklarning oldini olib, kompaniyadagi haqiqiy ahvolni bilmoqchimisiz? Unda quyidagi muhim punktlarga e'tibor qarating.Ishga joylashishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak:🟢 Rahbariyat o‘zini qanday tutadi va xodimlarga hurmat bormi? 🟢 Haqiqiy maosh vakansiyada ko‘rsatilganiga mos keladimi? 🟢 Ishdan keyin ortiqcha ishlash holatlari bormi va buning uchun haq to‘lanadimi? 🟢 Jamoada qanday muhit hukm suradi va kadrlar qo‘nimsizligi darajasi qanday?Ish beruvchilar haqidagi fikrlarni quyidagi web-portallar orqali o'qishingiz mumkin: 1. Kununu — Germaniyadagi xodimlarning fikr-mulohazalari jamlangan eng yirik platforma. 2. Glassdoor — kompaniyalar va
xpat_uz
16 Apr, 16:03edited
Assalomu alaykum vatandoshlar va kanalimiz a’zolari.Kimgadir Sug'urta (gesetzliche Krankenversicherung) yoki Bank Kartasi - IBAN kerak bölsa bizga aloqaga chiqishilar mn tekinga qilib beramiz. Qog'ozlar, Antraglar bn boshingizni og'ritib ötirmaysizSiz uchun bu xizmatlar nafaqat tekinga tushadi, balki Bank kartangizni ishlata boshlaganizdan 3 oy o'tgach sizga 50 € Prämie💵 ham beriladi. (bizga xizmat xaqqini esa Bank to'laydi)Agar Sayoxat sugurtasi yoki Lebenslauf kk bo'lsa, ukam 150 ming evaziga qilib berishi mn.Murojat uchun: Bahodir aka @bankai_bringer1P.s Bahodir aka, Bunyod aka anchadan beri Germaniyadalar va ishlarni holisona va vaqtida bajaradilar.
xpat_uz
14 Apr, 06:08
Shtamplar o‘rniga biometriya: Yevropa ittifoqi 10-apreldan chegara nazorati qoidalarini o‘zgartiradi2026-yil 10-apreldan boshlab EES (Kirish/Chiqish Tizimi)ga ulangan mamlakatlarning tashqi chegaralarida chegara nazoratining yangi tartibi amal qila boshlaydi.Pasportdagi odatiy shtamplar o‘rniga mamlakatga kirish va chiqishning raqamli hisobi joriy etiladi.Bu O'zbekistonliklar uchun nimani anglatadi: 🟢 birinchi marta kirishda pasportni skanerlash, suratga olish va barmoq izlarini topshirish talab etilishi mumkin 🟢tizim Shengen hududiga qisqa muddatga — 90 kungacha bo‘lgan davrga kiruvchi uchinchi davlat fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi 🟢vaqtincha va doimiy yashash huquqiga ega bo‘lgan vatandoshlarga ta'siri qilmaydiAsosiy o‘zgarish: 🟢Sayyohlar
xpat_uz
10 Apr, 12:20edited
😁😆😁Germaniyaga qanday ketsa bo‘ladi?Trenddan qolmaylik dedim🪖Germaniyadagi vatandoshlar uchun bepul maslahat va yo'l xaritasi!Hurmatli Vatandoshlar va O'zbekistonliklar agar siz Germaniyada bo'lsangiz sizga quyidagi mavzular bo'yicha bepul maslahatlarimiz bilan bo‘lishamiz🟢Au-Pair, Til-kursi, Oila birlashtirish, Weiterbildung, 8 oylik va Chancenkarte vizalaridan ishchi vizalariga o'tish. 🟢Ausländerbehörde va Bundesagentur für Arbeit da yuzaga kelgan savol va tushunmovchiliklar bo'yicha yordam berish. 🟢Davlat organlari tomonidan kelgan xujjatlarni ko'rib chiqib to'g'ri yo'lanish berish 🟢Davlat tominidanTelegramKanalimizda asosan Germaniyaga keladigan yurtdoshlarimiz uchun muhim yangiliklar, qonunlar, maslahat va tajribalar bilan bo'lishish
xpat_uz
9 Apr, 13:37
Germaniya islohotlarga tayyorlanmoqda: Bundestagda qanday o‘zgarishlar muhokama qilinyapti?Germaniyada tarkibiy islohotlar zarurati haqidagi munozaralar kuchaymoqda. Iqtisodiy bosim, siyosiy keskinlikning ortishi va xarajatlarning ko‘payishi sharoitida davlat byudjeti jiddiy bosim ostida qolmoqda. Mutaxassislar va siyosatchilar bir fikrda yakdil: dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan biri sifatidagi mavqeini saqlab qolish uchun mamlakat murakkab va ba’zi o‘rinlarda nomaqbul qadamlarni qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.XDI yetakchisi Fridrix Mers iyul oyi o‘rtalariga qadar – parlament ta’tillari va Saksoniya-Anxalt o‘lkasidagi muhim mintaqaviy saylovlar arafasida keng ko‘lamli islohotlar paketini ilgari surishga harakat qilishi kutilmoqda. Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, ushbu saylovlarda AFD “Germaniya uchun muqobil” partiyasi tarixiy natijaga erishishi mumkin.Muhokamalar markazida bir
xpat_uz
6 Apr, 11:01
Germaniyaga kelayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pincha kelganidan keyin asosan nima ishlar qilish kerakligi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega emasliklari uchun, juda ko‘p vaqt va resurslar yo‘qotilishiga olib keladi.🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligidagi muhim postlar sizga Germaniyada moslashish jarayonini osonlashtiradi:Haydovchilik guvohnomasi Germaniyada kasallik varaqasi SCHUFA nima uchun muhim? Germaniyada farzand tug‘ilishida davlat tomonidan ko‘mak Ish haqi varaqasi (Lohnabrechnung) Germaniyada xorijga chiqish pasporti yo‘qolsa nimalar qilish kerak? Germaniyada asosiy ta'til kunlaridan tashqari qo'shimcha maxsus ta’til olish Bemor qarindoshni yoki ota-onangizni Germaniyaga qanday chaqirish mumkin? Mehnat shartnomasini o‘zaro kelishuv asosida bekor qilish to‘g‘risidagi bitim. Germaniyada jamoat transporti uchun chipta esdan chiqqan bölsa jarimani kamaytirish mumkinmi? Germaniyada
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
