gram news
Xushnudbek.uz channel avatar

Xushnudbek.uz

@xushnudbek

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz •instagram.com/xushnudbek •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •x.com/xushnudbeck •tiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

ProjectsENPoliticsVerified by Telegram

673,000subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Xushnudbek.uz

    23 Sept, 17:24

    ♟️8-turda asosiy jamoamiz 🇩🇪Germaniya bilan kuch sinashadi.O’zbekiston-2 jamoasi 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya bilan, O’zbekiston-3 jamoasi esa 🇨🇭Shveysariya bilan o’ynaydi.Qizlarimizning raqiblari:🇳🇱Niderlandiya — 🇺🇿O‘zbekiston 🇨🇺Kuba — 🇺🇿O‘zbekiston-2 🇯🇲Yamayka — 🇺🇿O‘zbekiston-3Shaxmatchilarimizga ertangi bahslarda omad tilaymiz!👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    23 Sept, 16:58

    Andijon shahridagi ko’prik ochildi👉 @xushnudbek 👈
    69,700videoOpen in Telegram
  • Xushnudbek.uz

    23 Sept, 14:03edited

    ♟️🇺🇿O’zbekiston milliy jamoasi 🇨🇳Xitoyni tor-mor qildi!Yigitlarimiz hozirgina tugagan bahsda 3:1 hisobida asosiy ta’qibchisi Xitoy ustidan g’alaba qozonishdi va 2024-yilgi Olimpiadadagi mag’lubiyat alamini olishdi.Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yakubbayev o’z doskasida raqibini taslim etdi.Javohir Sindarov hamda Muhiddin Madaminov esa durang o’ynadi.Barakalla, yigitlar! Qoyil!!!👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    23 Sept, 12:55

    Shavkat Mirziyoyev taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    23 Sept, 12:02

    Xalq banki TOP-300 universitetlarda o‘qish uchun 20 ming dollargacha ta’lim krediti beradiXalq banki xalqaro reytinglarning TOP-300 taligiga kirgan xorijiy universitetlarning bakalavriat va magistratura bosqichlariga qabul qilinganlar uchun “Ta’lim TOP 300” kreditini taklif qilmoqda.Kredit 20 ming AQSH dollarigacha, boshlang‘ich to‘lov 0%, foiz stavkasi esa 14%. Asosiy qarzni qaytarish o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan 7 oy o‘tib boshlanadi va 7 yil davom etadi.Shuningdek, xorijda malaka oshirmoqchi bo‘lgan pedagoglar ham ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.Reklama
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    23 Sept, 11:01

    Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 9 milliard 400 million dollar boʻlgan 206 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.Shundan 2 milliard 50 million dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi, 7 milliard 350 million dollarlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.Ushbu loyihalar energetika, qurilish, toʻqimachilik, mashinasozlik, taʼlim, turizm, logistika, farmatsevtika va sogʻliqni saqlash kabi muhim sohalarni qamrab olgan. Ular viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida amalga oshiriladi.👉 @xushnudbek 👈
    113,000videoOpen in Telegram
  • Xushnudbek.uz

    23 Sept, 10:19

    ❗️“46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi — Samarqand 2026” esdalik tangalari sotuvga chiqariladiTangalarni ikki donalik kolleksion to‘plamda yoki alohida holda xarid qilish mumkin.Dastlabki cheklangan tiraj:🔸 Oltin tangalar — 100 dona; 🔸 Kumush tangalar — 500 dona.Narxlar va banklardagi mavjudlik bo‘yicha ma’lumotlar Markaziy bank rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tez kunda e’lon qilinadi.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    23 Sept, 06:46

    ❗️Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashib, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildi.“Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda”, - deb yozadi Prezident Administratsiyasi rahbari.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 17:14

    🇺🇿Oʻzbekiston, 🇦🇿Ozarbayjon va 🇹🇷Turkiya harbiylari qoʻshma harbiy mashgʻulotlarni boshladiUch davlatning Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Ozarbayjonning “Qizilgaya” oʻquv-mashgʻulot bazasida yigʻildi.Harbiylar birgalikda jangovar texnika, harbiy-dengiz floti va aviatsiya vositalari hamda dronlar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazadi.Mashg‘ulotlar orqali qo‘shma operatsiyalarga tayyorgarlikni kuchaytirish, qo‘shinlarning o‘zaro hamkorligini yaxshilash va mashg‘ulotlar tartibini standartlashtirish ko‘zda tutilgan.👉 @xushnudbek 👈
    49,000videoOpen in Telegram
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 14:52

    Milliy media assotsiatsiyasi Global South Media Partners tarmog‘iga qo‘shildiKelishuv doirasida mahalliy nodavlat media tashkilotlari uchun kontent almashish, jurnalistlar malakasini oshirish va zamonaviy mediatexnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi.Hamkorlik Xitoy bilan cheklanmay, tarmoqdagi boshqa davlatlar media tashkilotlari bilan professional aloqalarni rivojlantirishni ham nazarda tutadi.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 14:01

    Bugun soat 22:00 dan 01:00 ga qadar Toshkentning aksariyat hududlarida havo sifati AQI standartiga ko'ra "sezgir guruhlar uchun nosog‘lom" darajagacha yomonlashishi mumkin ekan.Ekologiya qo’mitasi kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslikni tavsiya qilmoqda.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 12:38

    ⚽️Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U-23 Vyetnamni mag‘lub etib, guruhda 1-o‘rinni egalladi🇺🇿O‘zbekiston 3-tur o‘yinida 🇻🇳Vyetnamni Muhammadali O‘rinboyev va Nurlan Ibragimovning gollari evaziga yengdi.Shu tariqa Ravshan Haydarov shogirdlari guruhdagi barcha o‘yinda g‘alaba qozonib, 9 ochko jamg‘ardi va chorak finalga 1-o‘rin bilan yo‘l oldi.Ushbu bosqichda O‘zbekistonga 🇸🇦Saudiya Arabistoni raqib bo‘ladi. O‘yin 25-sentyabr kuni 10:00 da boshlanadi.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 12:00

    😊 Mentalaba.uz: Talaba bo‘lish uchun oxirgi imkoniyat30-sentyabrda barcha OTMlar uchun qabul yopiladi. Mentalaba.uz orqali siz: 🔹 BMBA (DTM) natijangiz bilan imtihonsiz talaba bo‘lasiz 🔹 30 dan ortiq ishonchli va litsenziyaga ega OTMlar orasidan o'zingizga mosini tanlaysiz 🔹 Mutaxassislarimizdan bepul maslahat olasizBugun hujjat topshiring va ertaga talaba bo‘ling!👉 Ariza topshirish uchunMurojaat uchun: +998939085222 | @mentalaba_help😊😊😊😊😊😊😊Telegram bot | Telegram kanal | Instagram | Reklama
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 10:12

    ❗️Prezidentning tegishli qarorlari bilan:Adliya polkovnigi Muratov Jaxongir Dilshatovich mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.Polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 09:12

    Shaxmatni doimiy kuzatmaydigan obunachilarimiz kecha qanaqa dramatik va hayajonli bahs bo’lganini sal tushunmay qolishdi.Shu sababli sizlar uchun izohlari bilan alohida video tayyorladim. Videoda shaxmatchilar, sharhlovchilar, kuzatuvchilarning emotsiyasi va hayajonini ko’rishingiz mumkin.👉 @xushnudbek 👈
    125,000videoOpen in Telegram
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 06:31

    🥈Osiyo o‘yinlari-2026. O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir kumush medalni qo’lga kiritdiAralash jang san’atining modern yoʻnalishida ishtirok etgan 🇺🇿hamyurtimiz Firdavs Atamuradov -60 kg vazn toifasining finalida 🇹🇯tojikistonlik Mirzobek Umarovga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.Delegatsiyamiz hisobida hozircha 🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉1 ta bronza medali bor. Medallar jamg’arish bo’yicha umumjamoa hisobida 9-o’rinda bormoqdamiz.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 05:10

    Aviasales.uz talabalarga xorijga uchish uchun qulay narxlarni jamladiTalaba bo‘lsangiz, aviachiptalarni sotib olishda maxsus tarif va qo‘shimcha bagaj kabi imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin.O‘qish uchun xorijga otlanayotgan talabalar uchun Aviasales.uz Toshkentdan mashhur yo‘nalishlarga aviachiptalarni foydali narxlarda jamladi:➖ Istanbul (27-sentyabr) — 2,64 mln so‘mdan; ➖ Pekin (27-sentyabr) — 4,19 mln so‘mdan; ➖ Shanxay (30-sentyabr) — 4,68 mln so‘mdan; ➖ Dubay (30-sentyabr) — 1,92 mln so‘mdan; ➖ London (3-oktyabr) — 4,42 mln so‘mdan; ➖ Berlin (29-sentyabr) — 4,45 mln so‘mdan;🔗 Talabalar uchun maxsus tarifni qo‘shimcha bagaj bilan qanday olish va eng arzon chiptalarni topish bo‘yicha batafsil ma’lumot: 👉 aviasales.uzReklama
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    22 Sept, 03:01

    Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiKechadan Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva sessiya doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan.👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    21 Sept, 16:42

    ♟Keyingi raqibimiz — 🇨🇳Xitoy!Yigitlarimiz 7-turda «Terminator» laqabli sobiq jahon toji egasi Din Lijen sardorligidagi chaqilmas yong‘oq jamoa bilan kuch sinashadi. Buyog‘iga endi oddiy jang yo‘q. Buyog‘iga faqat finalga teng qiyin bahslar bo‘ladi. Hozir turnir jadvalida O‘zbekiston 1-o‘rinda, Xitoy esa 2-o‘rinda bormoqda.🇺🇿O‘zbekiston-2 jamoasi esa 🇫🇷Fransiya bilan bahs olib boradi.Jamoalarimizga omad tilaymiz!👉 @xushnudbek 👈
    Image from a post by Xushnudbek.uzImage from a post by Xushnudbek.uz
  • Xushnudbek.uz

    21 Sept, 16:28

    Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirma haqida ayrim savollarga javoblar:❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror
    235,000videoOpen in Telegram