Latest posts

Yoshlar ovozi
22 Sept, 05:23
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish tartibi oʻzgardiBilim va malakalarni baholash agentligi ayrim hududlarda milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish qisqa vaqt ichida yopilayotgani yuzasidan izoh berdi.Maʼlum qilinishicha, endilikda talabgorlarni roʻyxatga olish har bir hudud uchun belgilangan oʻtirish oʻrinlari sonidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan joriy etilgan.🔴Qarorga muvofiq, test sinovi oʻtkaziladigan joy, sana va muayyan hudud uchun ajratilgan oʻrinlar soni Agentlik tomonidan belgilanadi. Ushbu maʼlumotlar tashkilotning rasmiy veb-sayti hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali eʼlon qilinadi.Talabgorlar ham hudud uchun ajratilgan oʻrinlar doirasida YAIDXP orqali roʻyxatga olinadi.
Yoshlar ovozi
21 Sept, 06:29
#tadqiqot‼️Uyida kitobi koʻp bolalar tengdoshlariga nisbatan aqlliroq boʻladiAvstraliya Milliy Universitetining bir guruh olimlari bolalikda uyda kitob javonining bo‘lishi insonning intellektual qobiliyatlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligini o‘rganishdi.📌 Uyda kitob boʻlishining foydasi Tadqiqot davomida 31 ta davlatdan kelgan 160 ming nafar katta yoshli kishilarning ma’lumotlari o‘rganib chiqilgan. Jumladan, ulardan 16 yoshli paytlarida uylarida taxminan qancha kitob bo‘lgani so‘ralgan.Natijaga ko‘ra, uyda kamida 80 ta kitobning bo‘lishi kelajakda bolaning savodxonlik darajasini o‘rtacha ko‘rsatkichgacha ko‘taradi, ya’ni bunday odamlarda o‘qish va hisoblash layoqati o‘rtacha darajada bo‘ladi. Aksincha, uyda kitob(yoki kutubxona) bo‘lmasa, bu bolaning kelgusida o‘qish va yozishda pastroq natijalar
Yoshlar ovozi
20 Sept, 03:12
🔊 Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar uzaytirildi.Bu muddat: 🔴 bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; 🔴 oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; 🔴 oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.Ushbu muddat ichida bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi shart.Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi
18 Sept, 04:40
‼️P2P komissiyalar qanchalik adolatli?P2P o‘tkazmalari masalasida eng muhim savollardan biri shu aslida. Chunki komissiyalarning 0,1 foizga boʻlsa-da oshirilib qoʻyilishi odamlar mablagʻining bir qismiga ega chiqishdek baholanyapti. Amaldagi bozorni ko‘rib chiqsak, manzara aslida ancha murakkab.Oʻzbekistondagi deyarli barcha yirik banklar va toʻlov ilovalari (Payme, Click, Paynet, Xazna, Uzum bank va boshqalar) oylik maʼlum bir limitgacha, odatda 1 milliondan 10 million so‘mgacha, P2P oʻtkazmalarni bepul taklif qiladi. Bu chegaradan oshgan summalar uchun esa komissiya 0,2 foizdan 1 foizgacha, baʼzan undan ham yuqoriroq boʻladi. Bir qator banklar o‘z kartalari oʻrtasidagi oʻtkazmalarni to‘liq bepul qiladi, biroq turli tizim (Uzcard va Humo) oʻrtasidagi oʻtkazmalarda bu imtiyoz koʻpincha ishlamaydi.Foydalanuvchi bepul yoʻlni topish uchun bir nechtaYoshlar ovozi pinned a photo
16 Sept, 04:46

Yoshlar ovozi
16 Sept, 04:46
#bepul_obuna🔴“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 16-sentabrdagi 25-sonini taqdim etamiz:✔️ “Eng baxtli qizman”✔️ Mustaqillikni nega qadrlash kerak? Buni yosh avlod his qiladimi?✔️ Alifbo oʻzgarishi: Kim qanday fikrda?✔️ Yuksak natija kafolati🔖 Yuklab olish✏️ Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi
15 Sept, 11:26
⚡️Ayni vaqtda Milliy matbuot markazida “Atirgul – 2026” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.Ushbu tanlovning “Eng yaxshi fotojurnalistika ishi uchun” nominatsiyasida “Yoshlar ovozi” gazetasi fotomuxbiri Xolida Musulmon gʻolib boʻldi.Mazkur e’tirof “Yoshlar ovozi” jamoasi uchun ham quvonchli yangilik. Xolida Musulmonning ijodiy ishlari orqali yoshlar hayoti, jamiyatdagi muhim jarayonlar va voqealar o‘ziga xos nigoh bilan yoritib kelinmoqda.✨Hamkasbimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, kelgusidagi ijodiy faoliyatida yangi zafarlar tilaymiz.Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi
15 Sept, 06:44
#dolzarb‼️BURNOUT: Nega yoshlar erta charchayapti?Yoshlar deganda kuch-gʻayrat, shijoatga toʻla, koʻzlari chaqnagan yigit-qizlar koʻz oldimizga keladi. Ammo real hayotda bari boshqacha bo‘lishi mumkin. Aksar yoshlar koʻzida maʼyuslik, horgʻinlik va loqaydlik.Ular nega erta charchayapti, motivatsiyani nega erta yo‘qotyapti? Kuch, imkon, orzu-havas joʻsh uradigan bir pallada ularda burnout, hissiy charchoq kuzatilmoqda. Bu sindrom asosan professional sohalarda keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda yoshlar orasida keng tarqalib borayotgani aniqlanmoqda.So‘nggi yillardagi tadqiqotlar yoshlarda hissiy charchoq sindromi keng tarqalayotganini ko‘rsatmoqda. Bu, bir jihatdan, ular hali ruhan to‘liq shakllanmagani, ikkinchi tomondan, hayoti keskin o‘zgarishlar, qarorlar va talablar bilan bog‘liq davr ekani bilan izohlanadi. Oliy ta’limYoshlar ovozi pinned a photo
14 Sept, 05:57

Yoshlar ovozi
14 Sept, 05:57
#diqqat⁉️“Mahorat maktabi”da ishtirok etishni xohlaysizmi?“Mahorat maktabi”da qatnashish uchun talabgorlar soni kundan kunga ortib boryapti. Navbatdagi bosqich esa saralash!17-18-sentabr kunlari o‘tkaziladigan suhbat orqali darslarda ishtirok etadigan yoshlar aniqlanadi.Manzil: Yoshlar ijod saroyi 2-qavati, “Yoshlar ovozi” tahririyati Suhbat vaqti: 10:00 dan 18:00 gachaO‘zingiz bilan pasport va ijodiy ishlaringizdan namunalar olib kelishni ham unutmang.Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi
14 Sept, 03:57
⚡️O‘zbekistonda ayrim talabalarning yotoqxona yoki bir yillik ijara xarajatlari vаucher orqali qoplanadiO‘zbekistonda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga bir qator ta’lim va ijtimoiy xizmatlar uchun vаucher ajratiladi. U orqali bog‘cha puli, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘l kira, shuningdek, oliygohda tahsil olayotgan farzandlarning yotoqxona va ijara uy xarajatlari qoplanadi.Bu tartib 2027-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi. Tegishli normalar Prezidentning 11-sentabrda imzolangan PF-193-son farmonida belgilangan.Vаucherlar mahalla yettiligi tomonidan tasdiqlanadigan individual reja asosida yoki bolaning qonuniy vakili murojaatiga ko‘ra shakllantiriladi.🔴Bog‘cha puli va qo‘shimcha ta’lim xarajatlariVаucher asosida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun
Yoshlar ovozi
12 Sept, 12:36edited
⁉️Z avlod, X avlod, Y avlod: Kimlar oʻzi?Tepadagi grafikda hamma avlodning boshlanish va tugash nuqtalari koʻrsatilgan. Oʻzi har bir avlod bir-biri bilan nimasi bilan farq qiladi?Yoʻqolgan avlod — ular ispan grippini boshidan kechirganlar;Buyuk avlod — I Jahon urushi va Buyuk depressiya vaqtida tugʻilganlar;Sokin avlod — ular II Jahon urushi davrida tugʻilganlar;Bumerlar — insoniyat juda tez rivojlangan va bolalar eng koʻp tugʻilgan payt;X avlod — Sovet davrining gullab-yashnagan davrida tugʻilganlar;Y avlod (Milleniallar) — Sovet davrining parchalanishi, internetning paydo boʻlish davrida dunyoga kelganlar;Z avlod (Zumerlar) — internet koʻp sohaga kirib borgan, smartfonlar, ijtimoiy tarmoq rivojlangan paytda tugʻilganlar;Alfa avlod — qoʻlida telefon bilan tugʻilayotganlar, CoViD paytida tugʻilganlar, dunyoda eng katta ulushga ega avlod
Yoshlar ovozi
12 Sept, 05:34
🔴Talabalar kontraktni qachongacha to‘lashi kerak?Oliy ta’limda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar yillik kontrakt summasini bir yo‘la to‘lashlari shart emas. Amaldagi tartibga ko‘ra, to‘lovni o‘quv yili davomida to‘rt qismga bo‘lib amalga oshirish mumkin.Birinchi kursga o‘qishga tavsiya etilgan talabalar kontrakt summasining kamida 25 foizini 15-sentabrgacha to‘lashi kerak. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun dastlabki 25 foizlik to‘lov muddati 1-oktabrgacha etib belgilangan.🔊Keyingi to‘lovlar esa quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: – 50 foiz – 1-yanvargacha; – 75 foiz – 1-martgacha; – 100 foiz – 1-maygacha.Belgilangan muddatlarni uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Birinchi kurs talabalari uchun dastlabki to‘lov muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga, boshqa
Yoshlar ovozi
11 Sept, 06:15
☄️ “Amaliyot ofisi”ning 2-mavsumi yakunlandiMahalla yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan “Amaliyot ofisi” loyihasining 2-mavsumi yakunlandi.Loyihada 14 ta hududdan saralab olingan 28 nafar yoshlar yetakchisi 14 kun davomida Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparati bo‘limlari va loyihalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, amaliy bilim va tajriba orttirdi.Yakuniy tadbirda ishtirokchilar amaliyot davomida erishgan natijalari, taklif va tashabbuslarini taqdim etdi. Shuningdek, mahalla yoshlari hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan loyihalar namoyish etildi.Dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi
11 Sept, 04:33
#dolzarb🔴Bitiruvchilar necha kunda ish topadi?Universitetni bitirish ko‘pchilik uchun katta marradek ko‘rinadi. Ammo diplom qo‘lga tekkanidan keyin yana bir muhim bosqich boshlanadi – ish topish.Ish topish tezligi qaysi yo‘nalishda diplom olinganiga ham bog‘liq. Tadqiqotda eng tez ish topayotganlar pedagogik yo‘nalishlar bitiruvchilari bo‘lib, ularga o‘rtacha 2 oy 4 kun kerak. Humanitar fanlar bitiruvchilari esa o‘rtacha 2 oy 9 kunda birinchi ishiga ega bo‘lmoqda. Ya’ni bu yo‘nalishlarda diplomdan mehnat bozoriga o‘tish nisbatan tez kechyapti.Birinchi ishni izlashning eng uzoq muddati yuridik yo‘nalishlar bitiruvchilarida qayd etilgan – o‘rtacha 4 oy 20 kun. Mehnatni muhofaza qilish va gigiyena sohasi bitiruvchilariga esa 4 oy 19 kun kerak. Ijtimoiy ta’minot yo‘nalishi bitiruvchilari o‘rtacha 4 oy 5 kun ish izlaydi.Batafsil: https://yoshlarovoz
Yoshlar ovozi
10 Sept, 16:52
⚡️Parashaxmat olimpiadasi boshlanmoqda10–28-sentabr kunlari O‘zbekistonda shaxmat olami uchun muhim va nufuzli tadbirlar — 46-Jahon shaxmat olimpiadasi, nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III shaxmat paralimpiadasi hamda 97-FIDE Kongressi o‘tkazilmoqda.Bugun esa nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III shaxmat paralimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqalarning O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani mamlakatda shaxmat sportini rivojlantirish, xususan, inklyuziv sportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tiborning ifodasidir.Joriy yilgi Parashaxmat olimpiadasida 41 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bu Parashaxmat olimpiadalari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Taqqoslash uchun, Belgrad-2023 musobaqasida 26 ta, Ostona-2024 musobaqasida esa 34 ta jamoa ishtirok etgan.Shuningdek , ushbu olimpiadada jami 205Yoshlar ovozi pinned a photo
9 Sept, 03:15

Yoshlar ovozi
9 Sept, 03:15
#bepul_obuna🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 9-sentabrdagi 24-sonini taqdim etamiz:✅ “Shuhrat”li yetakchi✅ Subsidiya: Aslida kimga foyda?✅ Ish koʻp, mutaxassis yoʻq: Dunyoga qaysi kasb egalari kerak?✅ Maktabda dars taqsimoti masalasiga qonuniy yechim bor🔖 Yuklab olish✏️ Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovoziYoshlar ovozi pinned a photo
7 Sept, 10:10

Yoshlar ovozi
7 Sept, 10:10
#mahorat_maktabi⚡️ “Mahorat maktabi” boshlanmoqdaXabaringiz bor, “Yoshlar ovozi” tahririyatida “Mahorat maktabi” loyihasi oʻtkazib kelinadi. Aksariyat bitiruvchilarimiz bugun o‘z ish o‘rniga ega. Tez orada loyihaning yangi mavsumi uchun saralash boshlanadi.Mahorat darslari 2 oy davomida o‘z sohasining mutaxassislari tomonidan o‘tiladi. Ushbu darslarda siz zamonaviy jurnalistika talablari bo‘lgan:▪️tahliliy, tanqidiy maqolalar yozish; ▪️mavzu tanlash, faktlar bilan ishlash; ▪️axborot olish; ▪️tahrir; ▪️fotografiya; ▪️notiqlik sanʼati; ▪️video olish va montaj kabi eng muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.Aytgancha, darslarimiz mutlaqo bepul! Yakunda maxsus sertifikatlar kutib turibdi.📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun @yoshlarovozigazetasibot manziliga murojaat qiling.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
