Latest posts

UNICORNTECH | UZ
22 Sept, 09:56
VC Party Tashkent’gacha atigi 1 kun qoldi! 🇺🇿Ertaga bir maydonda Markaziy Osiyoning investorlari, startap asoschilari, biznes farishtalari va texnologiya bozori yetakchilari jam bo‘ladi.Kechki dasturda: • VC ekotizimining asosiy vakillari bilan netvorking • yangi biznes aloqalari va istiqbolli hamkorliklar • investorlar va startap asoschilari bilan muloqot • welcome drinks va DJ • tadbirning rasmiy aviatsiya hamkori Air Astana’dan Xitoyga aviachipta o‘yini ✈️Mehmonlardan biri Toshkentdan Xitoyga borish va qaytish uchun ekonom-klass aviachiptasini qo‘lga kiritadi hamda yo‘nalishni o‘zi tanlashi mumkin: Urumchi, Pekin, Guanchjou yoki Shanxay.📅 2026-yil 23-sentabr 🕖 Boshlanish vaqti: 19:00 📍 Shanghai 1984, Bobur ko‘chasi, 42, 18-qavatChiptalar soni cheklangan — ishtirok etishga ulgurib qoling: 🎟️ Chipta xarid qilish Ertaga VC Party Tashkent’da ko‘rishguncha! 🥂
UNICORNTECH | UZ
9 Sept, 14:06
forwarded from @kariymulloh
6 karra ironman bo‘lgan, (bir yilda 5 marta) Sahroda 270km yugurgan inson…Amerikada startap qurib, muvaffaqiyatli exit(sotish) qilgan…1Fitni O‘zbekistonga olib kirib, rivojlantirgan, hozir esa 15 million dollarlik Deepen startapining egasi.Yana ta’riflasa tugamaydi.Podkastimizning ilk sonida mana shunday inson - Farhod aka Furqatov bilan suhbatlashdik.Suhbatda sport, sog‘lik, hayot, oila haqida gaplashdik va startaplar borasida asoschilar va investorlar uchun kerakli mavzularda gaplashdik.Ironman bu - 3,9km ochiq suvda suzish, 180km velosiped haydash va 42km yugurishni bir vaqtda qilish.Bu insonni haqiqiy temir irodali qiladi. Farhod aka mana shunday umumiy 226 km masofani bir yil ichida 5 marta bosib o‘tganlar. Yaqinda oltinchi bor qatnashdilar va har bir ironmandan keyingi hayot haqidagi falsafiy xulosalarini aytdilar.Suhbatni oxirgacha ko‘rib, fikrlaringizni albatta
UNICORNTECH | UZ
9 Sept, 08:42
forwarded from @startupbaseuz
🌠 O‘zbekistonlik asoschilar global startap sahnasiga qanday chiqmoqda?Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda startap yaratish, xalqaro mentor va investorlar bilan ishlash hamda mahsulotlarni xorijiy bozorlarga olib chiqish uchun yangi imkoniyatlar shakllandi.📈 Startup Genome ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 100+ O‘zbekiston startapi xorijiy bozorlarda faoliyat yuritmoqda.🎙 UzCombinator hammuassisi Laylo Ismailova videoda O‘zbekiston startup ekotizimidagi o‘zgarishlar, asoschilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda vatandoshlarimizning Y Combinator kabi nufuzli dasturlarga kirib, global sahnaga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi.🌠 yillik yo‘l — O‘zbekistonda boshlangan g‘oyalardan xalqaro bozorlar va global startup sahnasigacha.#Mustaqillik35
UNICORNTECH | UZ
9 Sept, 07:08
forwarded from @mostuzbekistan
VC Party Toshkentga qaytmoqda! 🇺🇿23-sentabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo investorlari, startap asoschilari va texnologiya bozori yetakchilarini birlashtiradigan VC Party bo‘lib o‘tadi.VC Party’da sizni nimalar kutmoqda: • Markaziy Osiyoning kuchli venchur hamjamiyati • investorlar, startap asoschilari va biznes farishtalari bilan muloqot • yangi biznes aloqalari va hamkorlik imkoniyatlari • kelishuvlar yuzaga keladigan norasmiy netvorking • welcome drink’lar va DJBu oqshom startaplar va investorlardan tortib, fondlar hamda korporatsiyalar vakillarigacha bo‘lgan venchur bozorining asosiy ishtirokchilarini bir joyda jamlaydi. Bu yangi g‘oyalar, hamkorliklar va kelajakdagi investitsiyalar uchun o‘ziga xos maydon bo‘ladi.📅 Sana: 2026-yil 23-sentabr 🕖 Vaqt: 19:00 Aniq manzil chipta xarid qilingandan so‘ng taqdim etiladi 🙌🏻🎟 Chiptalarni quyidagi havola orqali xarid
UNICORNTECH | UZ
4 Sept, 14:08
O‘zbeklar ham dunyo darajasidagi o‘yin yarata oladimi?Ushbu suhbatda game dev gurulari Firdavs Mamadxonov va Sharofiddin Baxtiyorov bilan O‘zbekistondagi o‘yinlar industriyasi, yosh dasturchilar uchun imkoniyatlar, g‘oyadan tayyor o‘yingacha bo‘lgan jarayon va xalqaro bozorga chiqish haqida gaplashdik.Game yaratishni orzu qiladiganlar uchun foydali va ilhomlantiruvchi suhbat! 🎮🇺🇿 https://youtu.be/O3PmKqEQEZU?si=Okig-t1_jzbw4RSz
UNICORNTECH | UZ
31 Aug, 09:50
forwarded from @startupfestuz
🚀Catalyst Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda — PITCH DAY!Endi siz o‘z startupingizni gigant kompaniyaga olib kirishingiz va yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.Bu safar Catalyst’da sizni nimalar kutyapti? 🎤Startupingizni kuchli soha vakillari va investorlarga pitch qilasiz 🤝Yandex ekspertlari bilan bevosita muloqot qilasiz 🎯Professional feedback olasiz 🚀Startupingiz uchun yangi yo‘llar ochasizAriza formasi📱Telegram 📱Instagram 📱Linkedin
UNICORNTECH | UZ
27 Aug, 11:09
🚀 Bugun Speko uchun muhim kun!O‘zbekistondan Y Combinator’ga kirgan yosh founder Beknazar Abdikamalov bugun Speko’ni Product Hunt’da launch qilmoqda.Speko voice AI uchun turli tillar va vazifalarga eng mos voice stack’ni topishga yordam beradi.Keling, o‘zbekistonlik founderni global maydonda birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz. 🇺🇿Product Hunt’da Speko’ga ovoz bering! 🚀Ovoz berish uchun link shu yerdaProduct HuntSpeko: OpenRouter for Voice | Product HuntOne API for speech-to-text, language models, and text-to-speech, with public benchmarks beside runtime availability.
UNICORNTECH | UZ
26 Aug, 17:27edited
🆕 Startup World Cup Uzbekistan 2026 uchun arizalar qabuli 31-avgust kuni yakunlanadi!24-sentabr kuni CAEx Tashkent’da 15 ta saralangan startap investorlar va xalqaro hakamlar oldida pitch qiladi.📈 G‘olib 6-noyabr kuni San-Fransiskodagi Startup World Cup Grand Finale’da $1 000 000 investitsiya mukofoti uchun kurashadi. Aviachipta va yashash xarajatlarini IT Park Uzbekistan qoplaydi.🌐 Shuningdek, finalistlar Microsoft, Sturgeon Capital, Limpid VC, C-Space, Cursor Community va boshqa hamkorlardan qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi.📅 Deadline: 31-avgust 🌐 Pitch Day: 24-sentabr, CAEx Tashkent 👥 Ishtirok etish bepul🏷Ariza topshirish:1,350Open in Telegram
UNICORNTECH | UZ
20 Aug, 09:27
Sun’iy intellekt yordamida o‘z ekspertizangizni qanday daromadga aylantirish mumkin?Uchrashuvda to‘plangan bilim va professional tajribani AI yordamida mahsulot va yangi daromad manbaiga aylantirish haqida gaplashamiz: g‘oyani qanday topish, ekspertizani qanday to‘g‘ri qadoqlash, talabni qanday tekshirish va ortiqcha xarajatlarsiz MVP’ni qanday ishga tushirish.Spikerlar - Justart.vc hamkorlari:• Baxt Niyazov - Justart.vc asoschisi, MOST Holding asoschilaridan biri; yuzlab startaplar va founderlarni tahlil qilgan. • Iskandar Erkinov - 30 yillik tadbirkorlik tajribasiga ega, ikki mamlakatda 3 ta kompaniyani muvaffaqiyatli sotgan. • Maksim Tolmachev - IT sohasida 17 yillik tajriba, 5 ta startap; $5 mln investitsiya jalb qilgan. • Rinat Isxakov - biznesni avtomatlashtirish sohasida 15 yillik tajriba, 300+ mijoz; AI yordamida o‘z ekspertizasini monetizatsiya qilish tajribasiga ega.📅 2
UNICORNTECH | UZ
19 Aug, 07:01
forwarded from @presidenttechaward
🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Best Startup ProjectStartapingiz bilan yirik investitsiyalar sari qadam tashlashga tayyormisiz?🔎 Best Startup Project — President Tech Award doirasidagi tanlov yo‘nalishi bo‘lib, eng istiqbolli texnologik startaplarni aniqlash, ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya bilan ta’minlashga qaratilgan.G‘olib startaplar investitsiya, ekspert ko‘magi va xalqaro rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Kimlar uchun? 🔹FinTech, 🔹Enterprise, 🔹AdTech, 🔹GovTech, 🔹GameDev, 🔹EdTech, 🔹Logistics, 🔹Heal
UNICORNTECH | UZ
18 Aug, 05:52

UNICORNTECH | UZ
17 Aug, 18:38
Higgsfield AI $5,4 milliardlik baholashda $400 million miqdorida Series B investitsiyasini jalb qildi.Kompaniya atigi 16 oy ichida erishgan natijalar:💰 Yillik daromad sur’ati $700 milliondan oshdi. 🌍 238 ta mamlakatda 30 milliondan ortiq foydalanuvchi Higgsfield’dan foydalanmoqda. 🏢 Fortune 500 kompaniyalarining 78 foizi Higgsfield bilan mahsulotlar yaratmoqda.
UNICORNTECH | UZ
15 Aug, 07:01
O'zbek o'yini playmarketda dunyoda topda Asoschi 15 yoshi o'zbek yigiti Top yangiliklar uchun tezda obuna bo'ling⚡️
UNICORNTECH | UZ
14 Aug, 06:11

UNICORNTECH | UZ
11 Aug, 17:45
UnicornTech kanalim uchun Yasin Ehsan bilan yangi suhbat.Yasin Ehsan — Headstarter va Powell.st kompaniyalari CEOsi hamda a16z Speedrun Scout. Suhbatda bugungi kunda startap qurish, AI davrida founder bo‘lish, kuchli talentni aniqlash, investorlar e’tibori va muvaffaqiyatli founderlarni ajratib turadigan ko‘nikmalar haqida gaplashdik.Yasin o‘z tajribasi va Markaziy Osiyodan global startap qurayotganlar uchun amaliy tavsiyalari bilan bo‘lishdi.To‘liq suhbat UnicornTech YouTube kanalida. 🚀
UNICORNTECH | UZ
11 Aug, 15:10

UNICORNTECH | UZ
10 Aug, 17:04
Anti Portfolio haqida eshitganmisiz?Bugun Venture Mindset’da venchur investorlarning eng katta qo‘rquvi haqida o‘qib, investorlar xavfni qanday baholashi haqida boshqacha o‘ylab qoldim.Odatda investorlar eng ko‘p pul yo‘qotishdan qo‘rqadi, deb o‘ylaymiz. Ammo venchur sarmoyada bundan ham qimmat xato bor: kelajakdagi ulkan kompaniyani o‘tkazib yuborish. Shu fikrga qiziqib, Bessemer Venture Partners saytiga kirdim va ularning Anti Portfolio ro‘yxatiga ko‘zim tushdi. Bu Bessemer investitsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo rad etgan va keyinchalik juda katta kompaniyalarga aylangan startaplar ro‘yxati. Menga eng qiziq tuyulgani shundaki, Bessemer bu xatolarini yashirmaydi, aksincha, ularni keyingi investitsiya qarorlari uchun saboq sifatida ochiq ko‘rsatadi.Eng qiziq beshta misolGoogle. David Cowan Sergey Brin va Larry Page bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ammo
UNICORNTECH | UZ
8 Aug, 07:03

UNICORNTECH | UZ
5 Aug, 17:37
forwarded from @uzcombinator
🔥 Va nihoyat! Barcha kutgan kun keldi!🥳 Ajoyib g'oyalar, 1 hafta davom etgan qizg'in suhbatlar va mashaqqatli saralash bosqichlaridan so'ng, UzCombinator 2-mavsum natijalari e'lon qilindi! 🚀📌 Natijani qanday bilish mumkin?• uzcombinator.uz saytimizga tashrif buyuring • Shaxsiy profilingizga kiring • Natijangiz bilan tanishing!🎥 Eslatma: Natijani ko‘rish jarayonini videoga olib, o‘z emotsiya va reaksiyalaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #UzCombinator heshtegi bilan ulashishni unutmang!Barchaga omad tilaymiz! ⚡️⚡️ @uzcombinator1,030Open in Telegram
UNICORNTECH | UZ
5 Aug, 14:08
forwarded from @startupfestuz
🚀 Catalyst uchun qabul ochildi!Bir kunlik korxona-hakatonida sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:🏭 Yirik korxonaga eksklyuziv kirish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish🌟 Korxonaning tajribali mutaxassisi jamoangizga mentor sifatida biriktiriladi📈 2 nafar mentor va 5 nafar tracker kun davomida g‘oyangizni rivojlantirishda yordam beradi💰 Demo Day’da startupingizni investorlar oldida taqdim etish va investitsiya jalb qilish imkoniyatiBu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jamoangizni yig‘ing va arizangizni hoziroq topshiring. 👇🔗 Ro’yxatdan o’tish
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
