Latest posts

◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:44
Shuning bilan #OMADLI_JENTLMENLAR jamoasining navbatchiligi o'z nihoyasiga yetdi.FIKRLARNI IZOHLARDA YOZIB QOLDIRING !
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:43
JAVOB:Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi. Izoh: Toshkent shahridagi ushbu muhtasham markaz Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng yirik Islom sivilizatsiyasi muzeyi deb e’tirof etilgan hamda CNN telekanali tomonidan uning o‘lchamlari Oq uy va Hollywood yozuvi bilan yuqoridagidek qiyoslangan.
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:43
Stop 🛑
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:42
Javob uchun 1 daqiqa
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:40
#OMADLI_JENTLMENLAR 12-savol Ushbu inshoot O‘zbekiston muzeylari tarixida ilk bor haftasiga 7 kun, soat 09:00 dan 22:00 gacha tanaffuslarsiz ishlash rejimiga o‘tdi. Loyihaning ko‘lamini tasvirlash uchun xorijiy OAV uning hajmini AQShdagi Oq uydan yetti barobar kattaroq, balandligini esa Gollivuddagi mashhur ramziy yozuvdan to‘rt barobar balandroq deb taqqoslagan. Diqqat, savol: Ginnesning rekordlar kitobiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyodagi eng yirik muzey sifatida kiritilgan ushbu muhtasham obidani aniq nomini ayting.
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:40
Diqqat sòngi savol !
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:39
Javob:1 soat ichida (yoki 60 daqiqada). Izoh:Gap Toshkent teleminorasi 100 metr balandligida joylashgan, oʻz oʻqi atrofida 1 soatda toʻliq bir marta aylanadigan "Koinot" restorani haqida bormoqda. Mehmonlar bir soat davomida ovqatlanib oʻtirgan joylarida Toshkent shahrini toʻliq tomosha qilib boʻladilar.
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:39
Stop 🛑
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:38
Javob uchun 1 daqiqa
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:36
#OMADLI_JENTLMENLAR 11-savol Toshkentdagi diqqatga sazovor bir inshoot ichida joylashgan ushbu joyga tashrif buyurgan insonlar mutlaqo joyidan qimirlamasdan turib, qisqa vaqt ichida butun boshli shaharning 365 darajali goʻzal manzarasini tomosha qilishlari mumkin. Siz esa menga bu noodatiy joyning nomini emas, balki bu manzara qancha vaqt davomida (muddatda) toʻliq namoyon boʻlishini ayting.
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:36
Diqqat !!!
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:36
Javob: PionManba: Xabar.uz https://share.google/qPCOE92nHYa6dx5Esxabar.uzHar bir gulning «o‘zligi» borXona gullarining jonlanayotganidan bahorni his qilishingiz mumkin. Narsiss va lolaning sovuq bo‘lishiga qaramay allaqachon bosh
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:36
Stop 🛑
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:35
Javob uchun 1 daqiqa
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:33
#OMADLI_JENTLMENLAR 10-savol X Xitoyning milliy ramzi boʻlib, xlar xonadondan ruhlarni haydashiga qattiq ishonishadi.Ayrim Osiyo mamlakatlarida boylik va baxt ramzi bo'lsa, Hindiston va Pokistonda ba'zan takabburlik belgisi sifatida talqin qilinadi va 2turga bo'linadi: o'tsimon va daraxtsimon. Diqqat savol: bu uzoq umr ko'ruvchi gulning nomini toping?
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:32
Diqqat !
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:32
Javob: Bvlgari Izoh: Gollivud yulduzi Elizabet Teylor brendning eng sodiq muxlisi boʻlgan. Uning turmush ortigʻi Richard Berton hazillashib: "Men Elizabetga italyan tilini oʻrgatdim, u esa faqat bitta soʻzni biladi, u ham boʻlsa — Bvlgari" deb aytgan.
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:32
Stop 🛑
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:31
Javob uchun 1 daqiqa
◉‿◉ ℤ𝕒𝕜𝕄𝕚𝕩 ◉‿◉
22 Sept, 16:29
#OMADLI_JENTLMENLAR 9-savol Ushbu kompaniya tarixida Rim alohida o‘rin tutadi: uning ayrim kolleksiyalarida Kolizey va Rim yo‘llaridan ilhomlangan dizaynlar uchraydi. Mashhur aktrisa Elizabet Teylor esa uning eng sodiq muxlislaridan biri bo‘lgan.Uning turmush ortigʻi Richard Berton hazillashib: "Men Elizabetga italyan tilini oʻrgatdim, u esa faqat bitta soʻzni biladi, u ham boʻlsa — X" deb aytgan. Bundan tashqari, kompaniya o‘ta yupqa soatlar yaratish bo‘yicha bir necha jahon rekordlarini o‘rnatgan va 2014-yilda Rimdagi Ispan zinapoyalarini ta’mirlashga 1,5 million yevro xayriya qilgan. Diqqat savol: Qaysi kompaniya haqida gap ketmoqda?
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
