Latest posts

Zakovat intellektual klubi
25 Sept, 12:06
♾ O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqich o‘yini bo‘lib o‘tadigan manzillar📆 Ertaga 26-sentabr, shanba kuni barcha hududda musobaqaning hududiy bosqichi o‘tkaziladi.✔️ Hududiy bosqich o‘yinlari ishtirokchi jamoalar soniga qarab barcha jamoalar bilan bir vaqtda va bir joyda yoki barcha jamoalarni bir joyga sig‘dirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, jamoalarni bir necha guruhga bo‘lgan holda o‘tkaziladi.3️⃣6️⃣ Bunda, barcha jamoalar bir joyda bellashadigan hududlardagi o‘yinda jami 36 ta savol 3 turga bo‘lgan holda o‘ynaladi. Jamoalar bir necha guruhga bo‘lingan holda o‘tkaziladigan hududlarda esa avval har bir guruhda 15 ta savoldan iborat saralash bosqichi, keyin esa 20 ta savoldan iborat final o‘yini o‘tkaziladi. Final o‘yinida eng yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar turnirning respublika bosqichiga yo‘l oladi.🔝3️⃣ Har bir hududdagi saralash o‘yinlaridan o‘tgan 3 tadan jamoa Respublika bosqichida ishtirok etadi.ℹ️ Hududiy bosqich o‘yinlarida ishtirok etadigan jamoalar haqida quyidagi hududiy kanallar orqali ma'lumot beriladi:Andijon viloyati Buxoro viloyati Farg‘ona viloyati Jizzax viloyati Namangan viloyati Navoiy viloyati Qashqadaryo viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Samarqand viloyati Sirdaryo viloyati Surxondaryo viloyati Toshkent viloyati Toshkent shahri Xorazm viloyati❗️Hududiy bosqich o‘yinlari barcha hududda bir vaqtda - 26-sentabr kuni, soat 10:00 da boshlanadi. Ishtirokchilardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan, kechikmasdan o‘z hududlaridagi manzilda hozir bo‘lishlari so‘raladi.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok


Zakovat intellektual klubi
25 Sept, 10:47
🗓 Ertaga, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning ikkinchi o‘yini efirga uzatiladi.🤵♂️ Ushbu o‘yinda Shavkat Ulugʻov jamoasi ishtirok etadi.Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Zakovat intellektual klubi
25 Sept, 07:55edited
🖐 “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar diqqatiga!🗓 Musobaqaning respublika bosqichi 4-oktabr, yakshanba kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.❓ Respublika bosqichi o‘yini har biri 12 ta savoldan iborat 4 turni o‘z ichiga oladi.📍 Manzil: Zakovat arena.📁Respublika bosqichida qatnashadigan jamoalar roʻyxati yuqoridagi suratda berilgan.💰 Eslatib o‘tamiz, musobaqaning respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar 100, 60 va 40 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi!Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok


Zakovat intellektual klubi
24 Sept, 05:50
👩🏫 Bugun O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuniMusobaqada ishtirok etmoqchi bo‘lgan, ammo hali ro‘yxatdan o‘tmagan jamoalar bugundan kech qolmasdan ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.✏ Musobaqada ishtirok etish uchun o‘qituvchilar jamoasi dastlab zakovatklubi.uz saytidan o‘z hududidagi musobaqani tanlab ro‘yxatdan o‘tishi, shuningdek musobaqa nizomiga ilovada keltirilgan ariza namunasini to‘ldirib, ta’lim muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan holda ustoz@zakovat.tv elektron pochtasiga bugun soat 23:59 gacha ariza yuborishlari lozim.🏫 Musobaqada O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilaridan tuzilgan jamoalar qatnashishi mumkin.1️⃣ Musobaqada har bir ta’lim muassasasi nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.👥 Unda ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira ishtirokchidan iborat bo‘ladi. Jamoalar tarkibida 2 nafardan ortiq professional bilimdonlar boʻlishiga ruxsat berilmaydi. Professional bilimdon deganda quyidagi xususiyatlarga to‘g‘ri keladigan bilimdonlar tushuniladi: - Toshkent shahridagi “Zakovat” intellektual klubi Professional ligasining 2025-yil kuzgi, qishki, 2026-yil bahorgi va yozgi mavsumlaridan biri yoki bir nechtasida ishtirok etgan bilimdon; - Respublika hududlarida “Zakovat” intellektual klublaridagi Professional ligalarda 2025-yil kuzgi, qishki, 2026-yil bahorgi va yozgi mavsumlardan biri yoki bir nechtasida 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalardan birining a’zosi bo‘lgan bilimdon; - “Zakovat” teleo‘yinining mavsumiy bahslarida (shou o‘yinlar bundan mustasno) 2026-yil yozgi mavsumidan hisoblaganda oxirgi uch yil mobaynida jamoalar tarkibida kamida ikki mavsum ishtirok etgan bilimdon.2️⃣ Musobaqa quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi: - saralash bosqichi - respublika bosqichi🔝3️⃣ Har bir hududdagi saralash o‘yinlaridan o‘tgan 3 tadan jamoa Respublika bosqichida ishtirok etadi.🗓 Eslatib o‘tamiz, musobaqaning saralash bosqichi 26-sentabr, shanba kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi!Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok


Zakovat intellektual klubi
23 Sept, 15:49
🗓 Shanba, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning ikkinchi o‘yini efirga uzatiladi.🤵♂ Ushbu o‘yinda Shavkat Ulugʻov jamoasi ishtirok etadi.Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Zakovat intellektual klubi
23 Sept, 11:37
🏆 Ertaga Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 2-turi bo‘lib o‘tadi!🗓 Ertaga, 24-sentabr, payshanba kuni soat 17:00 da Talabalar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumining 2-turi bo‘lib o‘tadi.👥 Jamoa a’zolarining barchasi bir OTM talabalari bo‘lishi lozim.📝 Ligada ishtirok etish uchun jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.📍 Liga o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan manzillar quyidagi hududiy kanallarda e'lon qilinadi:Andijon viloyati Buxoro viloyati Farg‘ona viloyati Jizzax viloyati Namangan viloyati Navoiy viloyati Qashqadaryo viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Samarqand viloyati Sirdaryo viloyati Surxondaryo viloyati Toshkent viloyati Toshkent shahri Xorazm viloyatiTelegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok


Zakovat intellektual klubi
23 Sept, 11:36
🏆🏆 Ertaga O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasining 2-turi bo‘lib o‘tadi!🗓 Ertaga, 24-sentabr, payshanba kuni soat 15:00 da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumining 2-tur o‘yini boshlanadi.👥 Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.📝 O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.📍 Liga o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan manzillar quyidagi hududiy kanallarda e'lon qilinadi:Andijon viloyati Buxoro viloyati Farg‘ona viloyati Jizzax viloyati Namangan viloyati Navoiy viloyati Qashqadaryo viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Samarqand viloyati Sirdaryo viloyati Surxondaryo viloyati Toshkent viloyati Toshkent shahri Xorazm viloyatiTelegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok



Zakovat intellektual klubi
23 Sept, 09:37
🏆 Talabalar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumi 1-turidan keyingi reyting jadvali1-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok



Zakovat intellektual klubi
22 Sept, 10:01
🍁 “Zakovat” teleo‘yini kuzgi mavsumining birinchi o‘yini - Otajon Iskandarov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi.😎 O‘yinni ko‘rishKo‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok


Zakovat intellektual klubi
22 Sept, 09:50
👩🏫 O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etadi!🗓 26-sentabr, shanba kuni soat 10:00 da O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining saralash bosqichi o‘tkaziladi!🏫 Musobaqada O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilaridan tuzilgan jamoalar qatnashishi mumkin.1️⃣ Musobaqada har bir ta’lim muassasasi nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.👥 Unda ishtirok etuvchi jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira ishtirokchidan iborat bo‘ladi. Jamoalar tarkibida 2 nafardan ortiq professional bilimdonlar boʻlishiga ruxsat berilmaydi. Professional bilimdon deganda quyidagi xususiyatlarga to‘g‘ri keladigan


Zakovat intellektual klubi
19 Sept, 06:42
🗓 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning birinchi o‘yini efirga uzatiladi.🆕 Ushbu o‘yinda yangi bilimdonlardan tashkil topgan Otajon Iskandarov jamoasi ishtirok etadi.Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Zakovat intellektual klubi
18 Sept, 08:34
🎉 Bugun Komil Allamjonov tavallud topgan kun!🎂 Bugun Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov tavallud topgan kun.📖 Komil Allamjonov “Zakovat”ni ommalashtirish bo‘yicha faoliyatining ilk kunlaridanoq klub a'zolarini hunar o‘rganish, ilmni chuqur egallash va zakovatli bo‘lishga targ‘ib qilib keladi.✊🏻 Hurmatli Komil Ismoilovich, “Zakovat” klubi nomidan Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Zakovat intellektual klubi
17 Sept, 17:40
🏦 Milliy bank xodimlari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi!O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va O‘zbekiston Milliy bankining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan intellektual bellashuvda “O‘zmilliybank” AJning turli departament va bo‘linmalari, shuningdek, hududiy bosh boshqarmalaridan 40 dan ortiq jamoa bir maydonda jam bo‘ldi.🔥 Qizg‘in kechgan bellashuvda Milliy bank xodimlari oʻzlarining yuqori intellekti va jamoaviy ishlash koʻnikmalarini namoyish etdi.🏆 Oʻyin yakunida quyidagi jamoalar sovrinli oʻrinlarni egalladi:🥇1-o‘rin: Loyihalarni moliyalash markazi jamoasi; 🥈2-o‘rin: Axborot texnologiyalari departamenti jamoasi; 🥉3-o‘rin: Yuridik departament jamoasi.🎁 Mazkur jamoalar diplom, esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.Telegram I Facebook I
Zakovat intellektual klubi
17 Sept, 16:08
💣 Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan talabalar yana Zakovat arenani portlatdi!Bugundan butun respublikamiz boʻylab Talabalar ligasi oʻyinlari boshlandi. Birgina Toshkent shahridagi oʻyinda 130 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok



Zakovat intellektual klubi
17 Sept, 06:00
🗓 Shanba, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning birinchi o‘yini efirga uzatiladi.🆕 Ushbu o‘yinda yangi bilimdonlardan tashkil topgan Otajon Iskandarov jamoasi ishtirok etadi.Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Zakovat intellektual klubi
16 Sept, 13:02
🍁 Kuzgi mavsumga 3 kun qoldi!⏳ Shanba, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning birinchi o‘yini efirga uzatiladi.Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Zakovat intellektual klubi
16 Sept, 10:15
✉️ ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiriting!🍂 “Zakovat” teleo‘yini kuzgi mavsumi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. O‘yinga savol jo‘natib, bilimdonlar bilan kurashga kirishish va katta miqdordagi pul mukofotlarini yutib olishning ayni vaqti!💰 Teleo‘yinga savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:Mavsum o‘yinlarida (mavsum finallari va yil finalidan tashqari) teletomoshabinlar jamoasiga keltiradigan:1-ochko uchun — 1 mln so‘m; 2-ochko uchun — 2 mln so‘m; 3-ochko uchun — 3 mln so‘m; 4-ochko uchun — 4 mln so‘m; 5-ochko uchun — 5 mln so‘m; 6-ochko uchun — 6 mln so‘m.📈 Mavsum finallari va yil finalida bilimdonlar tomonidan topilmagan har bir savol uchun savol mualliflari yuqoridagi


Zakovat intellektual klubi
16 Sept, 05:27edited
👩💼 Qoraqalpog‘istonda tadbirkor ayollar uchun “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi🏆 Qoraqalpog‘istonlik tadbirkor ayollar Nukus shahrida bilimlar bellashuvida kurashdi. Musobaqa “HAMROH” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida tashkil etildi.👥 Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlari va Nukus shahridan jami 34 ta jamoa tarkibida 204 nafar tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi.❓ O‘yin davomida ishbilarmon ayollar bir-biridan qiziqarli savollar orqali o‘z bilimlari va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.🏆 Musobaqada eng yaxshi natija ko‘rsatgan quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:🥇1-o‘rin - “Ariwlar” jamoasi (Nukus tumani) 🥈2




Zakovat intellektual klubi
15 Sept, 15:49
O‘quvchilar ligasi nizomi
Zakovat intellektual klubi
15 Sept, 15:49
🎓 Talabalar ligasi boshlanmoqda!🗓 17-sentabr, payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumining 1-tur o‘yini boshlanadi.👥 Jamoa a’zolarining barchasi bir OTM talabalari bo‘lishi lozim.📝 Ligada ishtirok etish uchun jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.📍 Liga o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan manzillar quyidagi hududiy kanallarda e'lon qilinadi:Andijon viloyati Buxoro viloyati Farg‘ona viloyati Jizzax viloyati Namangan viloyati Navoiy viloyati Qashqadaryo viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Samarqand viloyati Sirdaryo viloyati

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
