Latest posts

Zamin Foundation
22 Sept, 09:14
"Eshitishni xohlayman!" loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilarini audiologik diagnostikadan o‘tkazish davom etmoqda.Toshkent shahridagi 106-sonli maktab-internatda Pediatriya markazining shifokor-audiologlari 264 nafar o‘quvchining eshitish holatini kompleks diagnostikadan o‘tkazadilar.Diagnostikaning asosiy vazifasi dinamik kuzatuv tizimini yo‘lga qo‘yish, bolalarning eshitish qobiliyati qanday o‘zgarayotganini kuzatib borish, ularning yutuqlarini ko‘rish va zarurat tug‘ilganda o‘qitish taktikasini tezda o‘zgartirish imkoniyatini yaratishdan iborat.—В рамках проекта «Хочу слышать!» продолжается аудиологическое диагностирование учащихся специализированных школ-интернатов для детей с нарушениями слуха.В школе-интернат №106 города Ташкента врачи-аудиологи Центра Педиатрии проведут комплексную диагностику6,360Open in Telegram
Zamin Foundation
18 Sept, 13:30
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 200 ta ariza orasidan o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning ikkita shahri — Toshkent va Samarqand yashil shaharlar global hamjamiyati — "Green cities" a’zosiga aylandi.FAOning "Green cities" tarmog‘iga a’zo bo‘lish Toshkent va Samarqandga barqaror shahar muhiti uchun yechimlarni joriy etishda texnik yordam olish imkonini beradi, xalqaro hamkorlik, bilim va amaliy tajriba almashishga yo‘l ochadi, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda ekologik tashabbuslar uchun resurslarni jalb qilishga ko‘maklashadi."Yashil bog‘lar" loyihasi doirasida har bir shaharning ehtiyojlarini inobatga olgan holda yashil muhitni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida seminar o‘tkazildi. Unda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi, FAO
Zamin Foundation
17 Sept, 06:22
Qashqadaryo viloyatidagi o‘quv majmua-ko‘chatxonasida "Hosildor Zamin" loyihasi doirasida o‘quv seminari bo‘lib o‘tib, mevali daraxtlarni payvandlashning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot uning markaziy tadbiriga aylandi.Seminar dasturi nazariyadan amaliyotga qarab tuzilgan bo‘lib, xalqaro ekspert klassik payvandlash usullarining afzalliklari va cheklovlarini tahlil qilib berdi, ish asboblarini to‘g‘ri tayyorlash, zamonaviy ekologik toza materiallardan foydalangan holda kesish usullarini namoyish etdi, shuningdek, qalamchalarning qo‘shilishi uchun maqbul namlik va harorat sharoitlarini yaratish haqida so‘zlab berdi.Tadbirda olingan bilimlar ishtirokchilariga bog‘larni barpo etish va ulardan foydalanishga oqilona yondashishga yordam beradi, bu esa xo‘jaliklarning iqtisodiy barqarorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligida namoyon bo‘ladi.
Zamin Foundation
14 Sept, 10:15
"Noyob tabiiy meros" loyihasi doirasida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida shakllangan uzumchilik va qishloq xo‘jaligi tizimlari Global ahamiyatga ega qishloq xo‘jaligi merosi tizimlari (GIAHS) ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha O‘zbekistonning ikkinchi arizasini tayyorlash uchun ko‘rib chiqildi.Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), A.Mirzayev nomidagi Uzumchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand viloyati va Ishtixon tumani hokimliklari, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti vakillari, shuningdek, soha mutaxassislari ishtirok etdi.Muhokamalarning amaliy davomi sifatida ishtirokchilar Ishtixon tumanidagi mahallalar va uzumzorlar bilan tanishdilar. Keyingi bosqichda ekspertlar hududning agrobiologik xilma-xilligi,5,960Open in Telegram
Zamin Foundation
9 Sept, 11:16
"Zamin creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv ijodiy studiyalarga sakkizinchi qabul boshlandi. Ishtirokchilar uchta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’atida o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo'ladi. Har bir yo‘nalishda muallimlar uchun ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlaydigan maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.Qanday qilib "Zamin creative" ishtirokchisiga aylanish mumkin?14–18 yoshdagi o‘smirlar 15-sentyabrga qadar (jumladan shu sanada ham) bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin creative" ishtirokchisiga aylanishi mumkin.Kurslarga nomzodlar tanlovi 18-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.—В рамках проекта Zamin Creative начинается восьмой набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане, Нукусе и Маргилане. Участники36,700Open in Telegram
Zamin Foundation
8 Sept, 06:11
"Zamin" fondi ko‘magida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Xalqaro inklyuziv xab loyihasi Yevropaning ijtimoiy sohadagi ilg‘or tajribalar va innovatsiyalarni e’tirof etuvchi eng nufuzli platformalaridan biri — "European Social Services Awards 2026" (Yevropaning ijtimoiy xizmatlar sohasidagi mukofoti)ning short-listiga kirdi.Bu yil mukofot uchun 10 ta nominatsiya bo‘yicha qariyb 200 ta loyiha taqdim etildi. Xalqaro inklyuziv hab "Nogironligi bo‘lgan insonlar uchun ijtimoiy xizmatlarning inklyuzivligi va qulayligi" nominatsiyasida finalistlar qatoridan joy oldi. Ekspertlar Habning kasbiy ta’lim olish imkoniyatidan boshlab, mehnat bozoriga kirish va mustaqil hayotgacha bo‘lgan yaxlit yo‘lni yaratishga qaratilgan modelini alohida e’tirof etdilar.Keyingi bosqich — oktabr oyida ochiq ovoz berish. European Social Services Awards 2026 g‘oliblari 19–20-noyabr12,400Open in Telegram
Zamin Foundation
7 Sept, 14:29
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ta’sis etilgan Xalqaro moviy osmon uchun toza havo kuni munosabati bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mita hamda "Zamin" fondi tomonidan havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy harakatlarga ko‘maklashishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Davra suhbati davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, UNEP ekspertlari va jamoatchilik vakillarini havo ifloslanishining iqtisodiy oqibatlari va uni kamaytirish choralariga sarmoya kiritishning ahamiyatidan tortib, shu jumladan transchegaraviy havo ifloslanishi va chang bo‘ronlari masalalarini o‘z ichiga olgan xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishgacha kelajakning ustuvor vazifalarining muhokamasi atrofida birlashtirdi."Atmosfera havosining ifloslanishini monitoring qilishni avtomatlashtirish" loyihasi doirasida 28 ta avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalaridan iborat milliy1,110Open in Telegram
Zamin Foundation
1 Sept, 02:35
"Zamin" fondi barcha Yurtdoshlarimizni Mustaqillik kuni bilan tabriklaydi!Jannatmakon yurtimizning har bir xonadonida baxt-soadat va quvonch hukm sursin.Sizga va oilangizga porloq kunlar, ezgulik hamda farovonlik tilaymiz.Yurtimiz tinchligi va obodligi abadiy bo‘lsin!—Фонд Zamin поздравляет всех узбекистанцев с Днём независимости!Пусть наша родная земля будет полна силы и красоты, а небо — всегда мирным и чистым.Пусть в каждом доме нашей родной земли царят счастье и радость.Светлых дней, добра и благополучия вам и вашим семьям.Zamin | Facebook | Instagram | YouTube1,410Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
